Jamiyat

Moskva markazidagi xiyobonga Islom Karimov nomi berildi

© SputnikIslom Karimov
Islom Karimov - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya va Oʻzbekistonning fan, siyosat va sanʼat arboblari Moskva hukumatiga Xiyobonni Karimov nomi bilan atash taklifi bilan chiqqan edi

TOSHKENT, 31 okt – Sputnik. Moskvaning Yakimanka tumanidagi shahar xiyoboniga Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomi berildi, deb xabar berdi RIA Novosti. Bu haqdagi qaror Moskva hokimiyati yigʻilishida poytaxt meri Sergey Sobyanin tomonidan qabul qilindi.

Mazkur xiyobon Yakimanka tumanidagi Oʻzbekiston konsullik boʻlimi yaqinida joylashgan.

"Prezidentning Karimov xotirasini abadiylashtirish haqidagi topshirigʻiga muvofiq Oʻzbekiston konsulxonasi yaqinida joylashgan xiyobonga Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomi beriladi", — dedi Sobyanin.

Igor Voskresenskiy - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Voskresenskiy: Islom Karimov haykali Oʻzbekiston tomonidan taqdim etiladi

Ilgariroq Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti sharafiga memorial xiyobon barpo etish haqidagi taklifni Moskva meri oʻrinbosari Leonid Pechatnikov rahbarligidagi hududiy birliklarni nomlash boʻyicha shahar komissiyasi maʼqullagandi.

Rossiya va Oʻzbekistonning fan, siyosat va sanʼat arboblari Moskva hukumatiga xiyobonni Karimov nomi bilan atash taklifi bilan chiqqan edi.

Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimov 2 sentyabr kuni 78 yoshida vafot etdi. U oʻzi tugʻilib-oʻsgan Samarqand shahriga dafn etildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala