Jamiyat

Namanganda yapon reanimobillari paydo boʻldi

© Press-slujba YUNFPAReanimobil
Reanimobil - Sputnik Oʻzbekiston
Namanganning Yangiqoʻrgʻon, Uchqoʻrgʻon, Pop, Chust va Kosonsoy rayonlari tez yordam boʻlimlarida zamonyaviy tez yordam mashinalari paydo boʻldi.

TOSHKENT, 2 noya — Sputnik. Ushbu tez yordam reanimatsiya avtombili Yaponiyaning Nissan zavodida ishlab chiqarilgan boʻlib, ularning har biri 92 mln soʻm turadi, deb xabar qilmoqda nuz.uz nashri.  

Mutaxassislar aytishiga qaraganda, ushbu avtomobillar tezkor yordam koʻrsatish va bemorlar hayotini saqlab qolishda katta imkoniyatlarga ega. 

Vrach skoroy pomoщi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Tez yordam yetib kelish vaqti qisqartirildi

Yangiqoʻrgʻon va Mingbuloq tumanlarida eng yangi raqamli rentgen apparatlari ham ishga tushdi. Namangan viloyatiga olib kelingan tibbiy uskunalar va reanimobillar umumiy qiymati 10 milliard soʻmdan oshdi.

Jahon banki huzuridagi Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi tomonidan moliyalashtirilgan "Sogʻliq-3" loyihasi doirasida markaziy koʻp profilli poliklinikalar, 11 tuman tibbiy uyushmalarini toʻliq qayta jihozlash va tibbiyot xodimlari malakasini oshirish uchun 11 mln Dollar mablagʻ ajratilgan edi. Aynan ushbu mablagʻ evaziga zamonaviy diagnostika apparaturalari, xususan UZI, gastrofibroskoplar, kardiomonitorlar, jarrohlik va stomatologiya kabinetlari uchun jihozlar sotib olindi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala