Siyosat

Oʻzbekiston va Slovakiya munosabatlarni mustahkamlash yuzasidan fikr almashdi

© Mid Uzbekistana / Anvar IlyasovOʻzbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov va Slovakiya Respublikasi TIV Davlat kotibi Lukash Parizek
Oʻzbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov va Slovakiya Respublikasi TIV Davlat kotibi Lukash Parizek - Sputnik Oʻzbekiston
Suhbat chogʻida ikki tomonlama munosabatlarning, jumladan "Oʻzbekiston – Yevroittifoq" shaklidagi hamda koʻp tomonlama tashkilotlar doirasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi

TOSHKENT, 2 noya — Sputnik. 2016-yilning 2-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlari vaziri Abdulaziz Kamilov Slovakiya Respublikasi ishbilarmon doiralarining nufuzli delegatsiyasiga bosh boʻlib mamlakatimizga tashrif buyurgan Tashqi va Yevropa ishlari vazirligi Davlat kotibi Lukash Parizekni qabul qildi, deb xabar qiladi Oʻzbekiston TIV matbuot-xizmati.

Bratislava - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Slovakiya delegatsiyasi Oʻzbekistonga tashrif buyuradi
Suhbat chogʻida ikki tomonlama munosabatlarning, jumladan “Oʻzbekiston – Yevroittifoq” shaklidagi hamda koʻp tomonlama tashkilotlar doirasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

L.Parizek Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan biznes vakillari ishtirokidagi Oʻzbekiston-Slovakiya davra suhbati va vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning uchinchi raundini ijobiy baholadi.

Shuningdek, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va boshqa sohalarda hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanligi taʼkidlandi.

Qayd etilganidek, avvalroq Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan va 3-noyabr kuni Samarqand shahrida Slovakiya delegatsiyasi ishtirokida ochiladigan "Moʻjizaviy Slovakiya" hamda "Slovakiya rassomlarining 1967-2013-yillarda Bratislavadagi xalqaro bennalda taqdirlangan eng yaxshi asarlari" nomli koʻrgazmalar ikki mamlakatda ham madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarga qiziqish oʻsayotganidan dalolat beradi.

Muzokaralarda Slovakiya Elchisi Pavol Ivan ishtirok etdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala