Jamiyat

Oʻzbekistonda talabalarga navbatdan tashqari taʼtil beriladi

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Fotobankka oʻtishTalabalar
Talabalar - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistondagi barcha oliy oʻquv yurtlari talabalariga 2016 yil 1-5 dekabr sanalarida navbatdan tashqari taʼtil taqdim etish belgilangan

TOSHKENT, 2 noya — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi oliy oʻquv yurtlari talabalariga, oʻzlarining konstitutsion huquqlaridan foydalanishga sharoit yaratish maqsadida navbatdan tashqari taʼtil taqdim etiladi, deb xabar qiladi "Novosti Uzbekistana" nashri.

2016 yil 31 oktyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vaziri 2016 yil 4 dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligi uchun saylovlarda talabalarning doimiy yashash joylaridan qatnashishlariga imkon berish yuzasidan maxsus buyruqni imzolagan.

Unga koʻra, Oʻzbekistondagi barcha oliy oʻquv yurtlari talabalariga 2016 yil 1-5 dekabr sanalarida navbatdan tashqari taʼtil taqdim etish belgilangan. Oliy oʻquv yurtlari rahbariyatlariga mazkur buyruq ijrosini taʼminlash uchun zaruriy choralar koʻrish vazifasi yuklatilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala