Hodisalar

Qirgʻizistonning Suzoqida 10 yashar bolakayni zoʻrlagan imom 7 yilga qamaldi

© Sputnik / Andrey Stenin / Fotobankka oʻtishHibsxona panjarasi
Hibsxona panjarasi - Sputnik Oʻzbekiston
Bu jinoiy ish ustidan surishtiruv ishlari butun yoz davom etdi va avgust oyida sud imomga qamoq jazosini tayinlash qarorini qabul qildi

TOSHKENT, 2 noya — Sputnik. Suzoq masjidining 58 yashar imomi 10 yashar bolakayni bir necha marotaba zoʻrlagani uchun 7 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Qirgʻiziston tuman IIB boshligʻi Nurbek Jonibekovdan olingan maʼlumotlar asosida Sputnik Qirgʻiziston nashri xabar qilmoqda.

19 iyun kuni Suzoq shahri imomi bachabozlikda gumonlanib qoʻlga olingan edi. 58 yashar imom mahalliy masjidda 2013-yildan buyon faoliyat yuritgan.

"Militsiya kerakli dalillarni toʻpladi. Ekpertiza natijalari iyul oyidayoq tayyor boʻlgan. Avgust oyida esa sud boʻlib oʻtib, unda imom 7 yilga ozodlikdan mahrum qilindi", — deb xabar qildi Jonibekov.

Jonibekovning soʻzlariga koʻra, bola ayni vaqtda shifokorlar va ruhshunoslar nazoratida.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala