ID jangarilari 50 ming kishidan tirik qalqon sifatida foydalanmoqchi

© AFP / BULENT KILICMosul yaqinidagi janglar
Mosul yaqinidagi janglar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jangarilar kasallar, ko‘zi ojizlar va bolalarni ham asirga olishgan

TOShKENT, 2 noya — Sputnik. "Islom davlati" terrorchi guruhi jangarilari Mosul shahri va uning g‘arbidagi Tel-Afar tumaniga tirik qalqon sifatida foydalanish uchun 50 mingga yaqin kishini majburlab olib kelishdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti Al Mada Press agentligiga asoslanib.

Mosul shahrini jangarilardan ozod qilish operatsiyasi 17-oktabrdan buyon davom etmoqda. Iroq harbiylari, kurd kuchlari turli yo‘nalishlarda harakat qilishmoqda, terrorchilarni shimoldan janubga tomon siqib chiqarishmoqda.

"DAISh (IDning arab tilida aytilishi) keyingi kunlarda Shura tumanidagi 24 va Kayara tumanidagi ikki qishloqning 10 mingta aholisini asirga oldi", — deb xabar berdi mahalliy kengash a’zosi Muhammad al Jaburi.

Al Jaburining so‘zlariga ko‘ra, jangarilar bemorlar, ko‘zi ojizlar va bolalarni ham asirga olishgan. Ularni avtomat o‘qtalib avtobus va yuk mashinalariga chiqarishgan va tirik qalqon sifatida foydalanish uchun Mosul va Tel-Afara tomon olib ketishgan.

Tel-Afarga shia ko‘ngillari hujum qilishmoqda. Shahar terrorchilar uchun Suriya va Raqqa shahri yo‘lidagi muhim shahar hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0