Jamiyat

Sarvar Otamuratov Xorazm viloyati saylovchilari bilan uchrashdi

Otamuratovning fikricha, turizm iqtisodiyotni yanada rivojlantirishning muhim omili sifatida iqtisodiy va ijtimoiy muammolar yechimiga, qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratilishiga, aholi bandligini oshirishga xizmat qiladi

TOSHKENT, 2 noya – Sputnik. Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sarvar Otamuratov Xorazm viloyati saylovchilari bilan uchrashdi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi hukumat portali xabar qildi.

Prezidentlikka nomzod Sarvar Otamuratov oʻz saylovoldi dasturi yuzasidan nutq soʻzladi.

Nomzod oʻzligini anglagan, qadriyat va anʼanalarini eʼzozlagan, tarixiy xotirasini asragan xalq iqtisodiy, ijtimoiy va gumanitar taraqqiyotga yuz tutishini taʼkidladi.

U madaniy meros obʼyektlarini toʻliq xatlovdan oʻtkazish, hisobga olish ishlarini takomillashtirish, muzey, arxiv, kutubxona va boshqa joylarda saqlanayotgan, madaniy meros obʼyekti belgilariga ega boʻlgan eksponatlar, kollektsiya va arxiv hujjatlarini toʻliq toifalashtirish, bu boradagi qonunchilikni yanada takomillashtirish masalalariga ustuvor ahamiyat qaratdi.

Nomzodning aytishicha, Oʻzbekiston, jumladan, Xorazm koʻp asrlik tarix va nodir madaniy-tarixiy merosga ega.

"Bularning hammasi mamlakatimizda ulkan salohiyati toʻliq ishga solinmagan turizm industriyasini rivojlantirish va yurtimizni jahon turizm markazlaridan biriga aylantirish imkonini beradi", dedi u.

Otamuratovning fikricha, turizm iqtisodiyotni yanada rivojlantirishning muhim omili sifatida iqtisodiy va ijtimoiy muammolar yechimiga, qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratilishiga, aholi bandligini oshirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy faoliyatning oʻzaro bogʻliq qator tarmoqlari infratuzilmaning rivojlanishiga turtki boʻlib, yanada ommaviylashadi.

Uning aytishiga koʻra, sayyohlik infratuzilmasining yanada rivojlanishini, sayyohlar uchun moʻljallangan obʼyektlarning har tomonlama maqbul boʻlishini, transport va mehmonxona xizmatlari hamda sayyohlik logistikasini takomillashtirishni, sayyohlik industriyasi bilan bogʻliq xizmatlarning turli sohalariga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishni taʼminlash lozim.

Nomzod dunyoda dolzarb ahamiyat kasb etayotgan oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan davlat dasturini qabul qilish va unda aholining ovqatlanish xilma-xilligini kengaytirish, sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni koʻpaytirish va bunda genlarni modifikatsiya qilish usulidan foydalanishni cheklash, shu bilan birga, aholining ovqatlanish madaniyatini yuksaltirish masalalariga alohida eʼtibor qaratdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala