Analitika

Oʻzbekiston strategik targʻibot zarbasi ostida

© Sputnik / Aleksey TixomirovIgor Nikolaychuk
Igor Nikolaychuk - Sputnik Oʻzbekiston
Jamoatchilik fikriga taʼsir koʻrsatishning yangi texnologiyalari Oʻzbekiston hukumati va oʻzbek xalqining qay darajada mustahkam ekanligini sinovdan oʻtkazadi

Igor Nikolaychuk, Rossiya strategik tadqiqotlar instituti eksperti

Men Amerikaning Oʻzbekistonga moʻljallangan axborot uzatish tizimini eshakka oʻxshatgan boʻlardim. Aynan oʻzbek maqolida keltirilgan maʼnoda: eshakning goʻshti harom, mehnati halol. Nima nazarda tutilmoqda? Oʻziga xos va oʻzbeklar hazm qila olmaydigan axborot – bu albatta goʻsht. Jurnalistlarning tirishqoqlik bilan malakali ish olib borishlari – bu esa oʻz navbatida xalq maqolida tilga olingan eshakning halol mehnati.

Darvoqe, AQSH tashqi siyosiy targʻibot organlari xodimlarining hamma ishlari besh, deya oʻylamaslik lozim. Bu organlar insoniyatni amerikalik tashkilotchilar kuzatuvi ostida amerikacha orzuga moyil qilish boʻyicha olib borilayotgan ishlarda samarasiz faoliyat koʻrsatayotgani uchun ayovsiz tanqidga duch kelishmoqda. Qoʻshma Shtatlarda demokratik maʼmuriyatning respublikachi raqiblari tomonidan muntazam ravishda chaqmoq chaqib, momaqaldiroq gumburlamoqda: barcha "Amerika ovozi" va "Ozodlik"larni tarqatib yuborish kerak; "Ovoz"ni Amerikada yashash yaxshi ekanligi haqida hikoya qilib berishlari uchun diplomatlarga berish kerak, dunyo xalqlari tillaridagi yangiliklar resurslarini esa tijoratlashtirib, tahririyatlarni davlat grantlariga oʻtkazish kerak. Lekin bularning barchasi, rus taʼbiri bilan aytganda, oʻlikni davolagan bilan barobar boʻladi.

Akejan Kajegeldin - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Ekspert: AQSH uchun Oʻzbekistondan qiziqroq davlat yoʻq

Bunga oddiygina izoh bor. Oʻz milliy manfaatlarini Markaziy Osiyo mamlakatlarida himoya qilar ekan (nafaqat AQShda, balki dunyoning barcha davlatlarida amaldorlar, xususan jurnalistlarga aynan shuning uchun haq toʻlanadi) mintaqadagi axborot-kommunikatsion xurujlar strateglari Oʻzbekistonning (bu ularning taʼbiri, bizning emas) "yopiq", u yerda "avtokratik rejim" hukm surishidan kelib chiqib fikrlashadi, demak, bechora oʻzbekistonliklar haqqoniy axborotdan mahrum. Shuning uchun zudlik bilan Oʻzbekiston Respublikasini muqobil axborot bilan toʻldirish kerak. Ana shunda Oʻrta Osiyoning qadim zaminida ham demokratiya quyoshi nur sochadi.

Oʻzbek yoshlarining qaysidir qismi yelkasini qisishi mumkin: nima boʻpti, ular qonunni buzishmayapti, ishlari yomonmas. Lekin qariyalar eslashadi, Sovet Ittifoqini ham xuddi shu tarzda parchalashgan: "totalitar" televideniye — Moskvadagi oʻzbek madaniyati kunlari haqida koʻrsatuv beradi, "Amerika ovozi" esa — qandaydir millatchi, oʻzgacha fikrlovchi yigitning hibsga olingani haqida. Bu hibsga olinishmidi yoki shunchaki tegishli organlarda profilaktik suhbatmidi, umuman shunday yigit aslida bormi — bu muhim emas!

Xoʻsh, oʻshandan buyon nimalar oʻzgardi? 2005 yil mayida "Ozodlik"/"Ozod Yevropa" radiosi Andijon voqealarini shunday "muqobil" yoritdiki, shu zahoti akkreditatsiyadan mahrum boʻlib Oʻzbekistondan uchib ketdi. Uchganda ham anchagina qushlar uchib ketishdi! Oʻsha paytda "Ozodlik"ning Toshkentdagi oʻzbekcha resursida toʻqqiz nafar ijodiy xodim bor edi. Radiostantsiya kuniga olti soat oʻzbek tilida eshittirish berardi. "Hukumatga qarshi" yangiliklarni dunyo boʻylab 23 nafar axborot toʻplovchi yigʻardi. Mana, mamlakatlar boʻyicha taqsim: Oʻzbekiston — 14 kishi, Rossiya — 1, Tojikiston — 2, Turkiya — 1, Afgʻoniston — 2, Qirgʻiziston — 1, Buyuk Britaniya — 1. Tushunarliki, bunday turdagi tarmoqlardan olinadigan yangiliklar nafaqat muqobilchi jurnalistlar uchun, balki AQSH razvedka xizmati uchun ham bebaho sovgʻadir.

Demokratiya va inson huquqlari instituti direktori Sayyora Xoʻjayeva - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Ekspert: Gʻarbning Oʻzbekiston haqidagi taxminlari puch boʻlib chiqdi

Amerikaliklar Oʻzbekiston hukumati bilan munosabatlarni toʻgʻri oʻrnata olishmadi – boʻpturadi. Xulosa chiqaring, yoʻlini toping, hammasini voqelikka moslashtiring. Milliy manfaatlar haqida ham oʻylash kerak-ku! Ammo yoʻq! "Amerika ovozi"ning oʻzbek tahririyati qandaydir qaysarlik bilan endi neytral hududda turib bu davlatga muqobil axborot tayyorlash va uzatishni davom ettirdi. Ammo bu yerda muhim tafsilot bor. Maqola boshida eslatib oʻtilganlarga piar, oʻzini reklama qilish zarur. Shuning uchun amerikalik jurnalistlar Oʻzbekiston Prezidenti Karimovning vafotidan oʻzlarining ishdagi muvaffaqiyatlari hisoboti sifatida foydalanishdi.

Eng avvalo, Islom Karimovning vafoti va hokimiyat almashishi bilan bogʻliq voqealarni yoritishda amerikalik jurnalistlar "raqamli texnologiyalar imkoniyatidan foydalanib Oʻzbekiston fuqarolarining eʼtiborini tortishgani", bu esa oʻz-oʻzidan "yuqori darajada yopiq boʻlgan bu mamlakatda hokimiyatning axborot oqimini nazorat qilish istagini yoʻqqa chiqarishi" haqida bayonot berishdi. Hukumatga qarshi axborot endilikda oʻzbekistonliklar orasida ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilayotganligi olamshumul natija deb eʼtirof etildi. Oʻzbek tahririyati rahbari Alisher Sidiqovning "Ozodlik" radiosi faoliyati haqidagi soʻzlariga koʻra, zamonaviy media texnologiyalaridan foydalanish murakkab mintaqaviy siyosiy voqeliklarga moslashtirildi va shuning uchun "endi avtoritar rejimlar media makonini nazorat qila olishmaydi; bu burilish davri!".

Albatta, bularning barchasi raqamlar bilan mustahkamlangan. 2016 yilning 28 avgusti-4 sentyabri oraligʻida "Ozodlik" axborotlari bilan tanishish uchun smartfonlar uchun moʻljallangan Telegram bepul messenjeri orqali 3,8 mln marta tashrif buyurilgan, bu oʻzbek auditoriyasi tomonidan kiriladigan oddiy oqimga nisbatan uch marta koʻpdir. Oʻzbekistonda taqiqlanganiga qaramasdan, resursning vebsaytiga 1,5 mln marta tashrif buyurilgan, foydalanuvchilarning yarmidan oz boʻlmagan qismi aynan Oʻzbekiston hududidan kirgan. 2 sentyabr kuni, Karimovning vafoti eʼlon qilinganida "Ozodlik"/"Ozod Yevropa" saytiga 2 mln kishi kirgan; bu natija 2014 yil 20 fevralda Kiyevdagi Mustaqillik maydonida Ukraina tahririyatining snayperlar oʻq uzishi haqidagi jonli efirida erishilgan natijadan keyingi oʻrinda turibdi. Karimov vafotidan oldingi kunlarda "Ozodlik" Oʻzbekistondan 40 maqola, 15 videolavha va 8 fotolavha uyushtirgan.

Biroq, bizningcha, bajarilgan bu ishlar kasbiy hurmat uygʻotsa-da, bu raqamlardan hech qanday olamshumul narsa kelib chiqmaydi.

Ammo, ijtimoiy tarmoqlar mamlakatdagi jamoatchilik fikriga jiddiy putur yetkazadi deb oʻylamayman. Bundan qoʻrqinchliroq boshqa narsa bor. Bu aynan nimaligini boshqa "osiyo" tahririyatlari misolida koʻrsatgan maʼqul. 26 oktyabr kuni Afgʻonistondagi Kxor viloyatida terrorchilik xuruji sodir etildi. 30 nafar tinch aholi qurbon boʻldi. 25 oktyabr kuni Pokistondagi politsiya akademiyasiga hudkushlar hujum qildi. 59 nafar talaba halok boʻldi. Terrorchilik hujumlari uchun javobgarlikni albatta ISHID oʻziga oldi. Bu shunchaki. Amerikalik jurnalistlar ikkala yovuzlikni ham oʻzbeklar sodir etishganini ataylabdan ajratib koʻrsatishdi. Kimligi nomaʼlum, lekin oʻzbeklar!

Muallif fikri tahririyat nuqtai nazariga mos kelmasligi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala