Odnoklassniki tabiiy hodisalar haqida ogohlantirish ilovasini ishga tushirdi

© Press-slujba "Odnoklassniki""OK" tabiiy hodisalar haqidagi ilovani ishga tushirdi
OK tabiiy hodisalar haqidagi ilovani ishga tushirdi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Odnoklassniki favquloddagi vaziyat haqida xabar olish va yaqin insonlarining havfsizlikda ekanligiga ishonch hosil qilishga yordam beruvchi yangi veb va mobil ilovalari sozlanmasini taqdim etdi. “Men havfsizlikdaman” loyihasi 2016-yilning 2-noyabr kuni Mail.Ru Group va Rossiya FVV o‘rtasida tuzilgan kelishuv doirasida amalga oshirildi

TOShKENT, 3 noya — Sputnik.."“Men havfsizlikdaman" loyihasi 2016-yilning 2-noyabr kuni Mail.Ru Group va Rossiya FVV o‘rtasida tuzilgan kelishuv doirasida amalga oshirildi, deb xabar qilmoqda tarmoq matbuot-xizmati.

Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i va Rossiya Favqulodda Vaziyatlar vazirligi yangi, tabiiy ofatlar va halokatlar paytida foydalanuvchilarga yordam berishni ko‘zda tutuvchi xizmatni ishga tushirilishi haqida e’lon qildilar. "Men xavfsizlikdaman" loyihasi uning profilida ko‘rsatilgan viloyat va turgan joyni avtomatik tarzda aniqlaydi va tegishli xabarni yuboradi. U bilan birga foydalanuvchilar foydali axborot, favqulodda xizmatlarning shoshilinch raqamlari va yuzaga kelgan holatda qanday harakat qilish haqida qo‘llanmani oladilar.

© Press-slujba "Odnoklassniki""OK" tabiiy hodisalar haqida ogohlantirish ilovasini ishga tushirdi
OK zapustili prilojenie dlya opovesheniya o stixiynix bedstviyax - Sputnik O‘zbekiston
"OK" tabiiy hodisalar haqida ogohlantirish ilovasini ishga tushirdi

Bundan tashqari, yangi sozlanma "Men xavfsizlikdaman" statusini o‘rnatish va tezkorlik bilan do‘stlaringizning qay biri ofat yuz bergan xududda ekanligini bilish imkonini beradi. Buning uchun "Xavfsizlikda" maxsus ilovasini ustiga bosish kerak, agar ularning ahvoli haqida habar bo‘lmasa "Ularga yozing" ilovasi orqali bilish mumkin bo‘ladi.

Kelajakda ilova nafaqat Rossiya aholisini, balki ijtimoiy tarmoqning boshqa mamlakatlaridagi foydalanuvchilarini ham ogohlantirish imkonini beradi.

"Test xabar tarqatuvi, loyihaning samaradorligi kutilgan natijani berganligini ko‘rsatdi. Favqulodda vaziyat xududidagi foydalanuvchilar tezkorlik bilan do‘stlar statuslarini bilish imkonini beruvchi yangi, qulay xizmat bilan hayratda qolishdi. Hamda qutqaruvchilar yordamga muhtoj insonni ijtimoiy tarmoq orqali topish imkoni o‘zini havfsizlikda sezish hissini kuchaytiradi. Eng asosiysi esa ushbu loyiha aholini favqulotda vazaitlarda ogohlantirish masalasida oldinga bosilgan katta qadamdir. Ushbu ilova bilan biz buni avvalgidan tezroq va samaraliroq amalga oshirish imkoniga ega bo‘lamiz" — dedi Rossiya Federatsiyasi FVVsining internet resurslari va ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Mostinskiy Pavel.

© Press-slujba "Odnoklassniki""OK" tabiiy hodisalar haqidagi ilovani ishga tushirdi
OK zapustili prilojenie dlya opovesheniya o stixiynix bedstviyax - Sputnik O‘zbekiston
"OK" tabiiy hodisalar haqidagi ilovani ishga tushirdi

"Favqulodda vaziyatda javobning tezligi, ishonchli ma’lumotlar va katta qamrov muhim omillarga aylanadi. Odnoklassniki — bu dunyo bo‘ylab har oy kayd etilgan 73 million foydalanuvchi demakdir. Bu texnologiyalar xayotni asrab qolishi va ijtimoiy tarmoqlar esa insonga yordam berishi mumkinligiga misol bo‘la oladi" — deb ushbu habarni Odnoklassnikining marketing va biznes loyihani rivojlantirish bo‘yicha direktori Arsen Israpilov sharhladi.

To‘laqonli xizmatni ishga tushirgunga qadar Odnoklassniki Turkiyadagi vaziyat, Nissadagi teraktlar, Volgograd viloyatidagi suv toshqini paytida Rossiya FVVsi bilan birga, Munxen va Brusseldagi teraktlar va Italiyadagi yer silkinishlari paytida qisqa xabarlar tarqatgan edi. 2015-yildagi Parijdagi teraktlar foydalanuvchilarni ogohlantirishga oid ilk misol bo‘ladi.

Aynan shu voqea, foydalanuvchilar bilan aloqa o‘rnatilgani ushbu loyiha yaratilishadagi ilk qadam edi. Ogohlantirishlar ijtimoiy tarmoqning rasmy guruhi OK.Operatively va Rossiya FVVning guruhidan kelar edi.

Yangiliklar lentasi
0