Siyosat

Rustam Azimov SHHT sammitida ishtirok etish uchun Bishkekka joʻnab ketdi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Fotobankka oʻtishOʻzbekiston Moliya vaziri Rustam Azimov
Oʻzbekiston Moliya vaziri Rustam Azimov - Sputnik Oʻzbekiston
Qirgʻiziston poytaxtida Shanxay Hamkorlik Tashkiloti hukumat rahbarlari kengashining 15-majlisi boʻlib oʻtmoqda. Sammitda qator masalalar muhokama qilinib, yakunida 10 ta hujjat imzolanishi rejalashtirilgan

TOSHKENT, 3 noya — Sputnik. Bishkekda Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo mamlakatlar hukumat rahbarlari kengashining yubiley majlisi oʻz ishini boshladi. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari Rustam Azimov yigʻilishda ishtirok etish uchun Bishkek shahriga yetib keldi.

Ilgariroq Oʻzbekiston TIV rasmiy saytida Rustam Azimov SHHT hukumat rahbarlari yigʻilishida qatnashishi, moliya vaziri boshchiligidagi delegatsiya noyabr oyi boshida Bishkek shahrida boʻlib oʻtadigan SHHT sammitida ishtirok etishi maʼlum qilingan edi.

SHHT aʼzolari bayroqlari - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Bishkekdagi SHHT bosh vazirlari kengashida kimlar qatnashishi maʼlum boʻldi
Tor doirada boʻlib oʻtayotgan uchrashuvda, shuningdek, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Xitoy, Rossiya va Tojikiston Bosh vazirlari ishtirok etishmoqda. Kengaytirilgan tartibda boʻlib oʻtadigan uchrashuvda esa kuzatuvchi davlatlar delegatsiyalari rahbarlari, xalqaro tashkilotlar vakillari hamda SHHT Kotibiyati xodimlari ham ishtirok etadilar, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirgʻiziston.

Tashkilotga aʼzo davlatlarning hukumat rahbarlari SHHT doirasidagi hamkorlikni rivojlantirishning amaliy masalalarini muhokama qiladilar.

Yigʻilish yakunida 10ga yaqin hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala