Jamiyat

Azimov Bishkekda Afgʻoniston delegatsiyasi bilan uchrashdi

© Sputnik / Aleksey DrujininRustam Azimov
Rustam Azimov - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Uchrashuv Bishkekda oʻtayotgan SHHT davlatlari hukumat rahbarlari kengashi yigʻilishi doirasida boʻlib oʻtdi

TOSHKENT, 3 noya — Sputnik. Oʻzbekiston Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, moliya vaziri Rustam Azimov va Afgʻoniston bosh vaziri Abdulla Abdulla Bishkekda muzokara oʻtkazishdi, deb xabar berdi Oʻzbekiston TIV matbuot xizmati.

Uchrashuv Bishkekda oʻtayotgan SHHT davlatlari hukumat rahbarlari kengashi yigʻilishi doirasida boʻlib oʻtdi. Tomonlar savdo-iqtisodiy, transport va madaniy-gumanitar hamkorlik sohalarida oʻzaro manfaatli hamkorlikni kelgusida rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

Oʻzbekiston Moliya vaziri Rustam Azimov - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Rustam Azimov SHHT sammitida ishtirok etish uchun Bishkekka joʻnab ketdi

"Tomonlar Afgʻoniston delegatsiyasining Oʻzbekistonga yaqinda amalga oshirgan turli darajadagi tashrifi va erishilgan kelishuvlar natijalariga yuqori baho berdilar. Ular Oʻzbekiston va Afgʻoniston xalqlari oʻrtasidagi koʻp asrlik doʻstlik rishtalarini uzviy mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar", — deyiladi xabarda.

Oʻtgan haftada Afgʻoniston prezidentining vakillaridan iborat ushbu mamlakat delegatsiyasi Toshkentga tashrif buyurib, Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirligida muzokaralar oʻtkazdilar hamda X Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsion birjasida ishtirok etdilar.

Oktyabr oyi boshida Oʻzbekiston Prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi, Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev Toshkent va Qobul ikki tomonlama hamkorlikni, xususan iqtisodiy sohadagi hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha yangi kelishuv imzolashni rejalashtirganini maʼlum qildi.

Yangiliklar lentasi
0