Jamiyat

Tojikistonda Rahmonni haqorat qilganlar 5 yilga qamaladi

© Fotoxost-agentstvo / Fotobankka oʻtishEmomali Rahmon
Emomali Rahmon - Sputnik Oʻzbekiston
Tojikiston respublikasining "Tinchlik va milliy birlik asoschisi – millat yetakchisi" haqidagi qonuniga asosan Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon millat yetakchisi deb eʼlon qilindi

TOSHKENT, 2 noya — Sputnik. Tojikiston jinoyat kodeksiga Emomali Rahmonni haqorat qilganlik uchun jazo belgilovchi qoʻshimcha kiritiladi, deb xabar beradi Sputnik Tojikiston.

Jinoyat kodeksiga tuzatishlar kiritish toʻgʻrisidagi hukumat farmoni 13 oktyabr kuni Emomali Rahmon tomonidan imzolandi.

Emomali Rahmon - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Emomali Rahmonga mustaqil Tojikiston asoschisi maqomi berildi

"Tojikiston jinoyat kodeksiga tinchlik va milliy birlik asoschisi, millat yetakchisini omma oldida haqorat qilganlik yoki boʻhton uyushtirganlik uchun jinoiy javobgarlikni koʻzda tutuvchi modda kiritish taklif etildi", — deyiladi hukumat farmonida.

Shuningdek, internet, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa ommaviy axborot vositalari orqali haqorat qilganlik uchun ham javobgarlik koʻzda tutiladi.

Tojikiston jinoyat kodeksiga koʻra, respublika prezidentini haqorat qilganlik yoki uning shaʼniga boʻhton uyushtirganlik uchun ayblanuvchi besh yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etiladi. Oktyabr oxirida deputatlar konstitutsion qonunga "Tinchlik va milliy birlik asoschisi – Millat yetakchisi" maqomini kiritishni bir ovozdan maʼqullashgandi. Ular ushbu qonunga bir nechta tuzatish kiritdilar, tuzatishlardan birida Rahmon mustaqil Tojikistonning asoschisi deb eʼtirof etiladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala