Dunyoda

Assanj: Klinton "Islom davlati" Saudiya Arabistoni tomonidan moliyalashtirilishini aytgan

© AFP / Brendan SmialowskiAQSH prezidentligiga nomzod Xillari Klinton
AQSH prezidentligiga nomzod Xillari Klinton - Sputnik Oʻzbekiston
2014 yil boshida, yaqindagina AQSH Davlat kotibi lavozimini tark etgan Xillari Klinton saylov kampaniyasi raisi Jon Podestga yoʻllagan maktubida "ID" Saudiya Arabistoni hamda Qatar davlatlari hukumatlari tomonidan moliyalashtirilishini aytib oʻtgan

TOSHKENT, 4 noya — Sputnik. Demokratlar partiyasidan AQSH prezidentligiga nomzod Xillari Klintonning shaxsiy yozishmalarida "Islom davlati" terrorchilik uyushmasi Saudiya Arabistoni va Qatar hukumatlari tomonidan moliyalashtirilishi mazmunidagi taʼkidlar bor, deb xabar qilgan WikiLeaks portali asoschisi Julian Assanj. RIA Novosti xabari asosida.

Djulian Assanj Xalыaro mediaforum bilan aloqada - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Djulian Assanj 21 asrda soʻz erkinligi va AQSH hukumatining Google bilan hamkorligi haqida
"2014 yil boshlarida, yaqindagina AQSH Davlat Kotibi vazifasidan boʻshagan Xillari Klinton oʻz saylov kampaniyasi raisi Jon Podestga yoʻllagan bir maktub bor. Elektron maktubda "ID" Saudiya Arabistoni va Qatar hukumatlari tomonidan moliyalashtirilishi haqida gap borgan", — deb taʼkidlagan Assanj.

Assanj, shuningdek, Klintonning maktublarida AQSH va Saudiya Arabistoni oʻrtasida qurol-yarogʻlar sohasida tuzilgan yirik — umumiy summasi 80 milliard dollardan oshadigan shartnoma haqida ham jiddiy muzokaralar borligini qoʻshimcha qilgan. "Uning faoliyati davomida AQShdan boʻladigan qurol-aslahalar eksporti dollar ekvivalentida naq ikki barobarga ortgan", — deb aytgan WikiLeaks asoschisi.

Klinton fondiga pul oʻtkazadigan odamlar "Islom davlati"ni  ham moliyalashtiradimi, degan savolga Assanj "Ha", — deya javob qaytragan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala