Dunyoda

Atambayev qirgʻiz jurnalistlarini oʻz ismi tushirilgan soatlar bilan taqdirladi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Fotobankka oʻtishQirgʻiziston prezidenti Almazbek Atambayev
Qirgʻiziston prezidenti Almazbek Atambayev - Sputnik Oʻzbekiston
Qirgʻiziston prezidenti soʻnggi besh yil ichida mamlakat "tamomila boshqacha koʻrinish olgani" va bunda OAV xodimlari oʻrni benazir ekanligini taʼkidladi

TOSHKENT, 4 noya — Sputnik. Qirgʻiziston prezidenti Almazbek Atambayev OAV vakillarini yaqinlashib kelayotgan (7 noyabr) kasb bayramlari bilan tabriklab, eng mohir jurnalistlarni oʻz ismi tushirilgan soat hamda pul mukofoti bilan taqdirladi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirgʻiziston.

Atambayev OAV xodimlarini mukofotlar ekan, jurnalistikaning mamlakat va butun dunyoda tutgan oʻrni haqida alohida taʼkidlab oʻtdi.

© SputnikAtambayevning ismi tushirilgan soatlar
Atambayevning ismi tushirilgan soatlar - Sputnik Oʻzbekiston
Atambayevning ismi tushirilgan soatlar

"Fikrimcha, men sizlarni hamkasblarim, deb ham atashim mumkin, negaki men hamisha soʻz kuchini va ahamiyatini anglab kelganman", — deya oʻz nutqini boshladi Atambayev.

U shuningdek, matbuot xodimlari bilan boʻlib oʻtadigan har bir uchrashuv oʻzi uchun nihoyatda muhimligini qoʻshimcha qildi.

RF prezidenti Putinning Bishkekka rasmiy tashrifi - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Putin Almazbek Atambayevni Aleksandr Nevskiy ordeni bilan mukofotladi
"Axborotga ega inson dunyoni boshqaradi, deb bejizga aytilmagan. Bugun axborot qurolga aylandi. Soʻz bilan insonni ilhomlantirish, unga umid bagʻishlash mumkin, ammo soʻz bilan odamni "majruh"ga aylantirish, hatto, "oʻldirish" ham hech gapmas", — deb qayd etdi Qirgʻiziston prezidenti.

Atambayevga koʻra, Qirgʻizistonda, hech narsaga qaramasdan, eng kuchli ommaviy axborot vositalari boʻlmogʻi kerak. "Ular soni koʻproq boʻlgani maʼqul", — dedi u.

"Qirgʻizistonliklar oʻz davlatiga ishonishni boshladi. Soʻnggi besh yil ichida mamlakatimiz tamomila oʻzgardi, va bunda sizlarning xizmatlaringiz singgan", — qoʻshimcha qildi prezident.

Atambayev shuningdek, jurnalistlarni mamlakatga yordam qilishga va uni rivojlantirishga koʻmaklashishga chaqirdi.

Qirgʻiziston prezidenti Almazbek Atambayev - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Atambayev - 60 yoshda: Qirgʻiziston prezidentining ommani lol qoldirgan 10 ta gapi
"Eng muhimi, hamma jurnalistlar vijdonli boʻlsin, toʻgʻri boʻlishsin, toʻgʻri yurishsin. Agar or-nomusli boʻlsangiz, iflosliklar sizga yopishmaydi. Bizning mamlakatimiz kuchli, xalqimiz kuchli. Biz borayotgan yoʻlimizdan ogʻishmasligimiz kerak. Men sizlar bilan faxrlanaman va sizlarni bayram bilan tabriklash men uchun sharaf", — deb qayd etdi Atambayev.

Qirgʻiziston rahbari OAV xodimlariga, shuningdek, baxt, farovonlik va uzoq umr tiladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala