Nazarboyev Mirziyoyevni prezidentlikka nomzodi ilgari surilgani bilan tabrikladi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishQozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev va Nazarboyev o‘rtasida suhbat konstruktiv, davlatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari ruhida o‘tdi

TOShKENT, 4 noya — Sputnik. 2016-yil 3-noyabr kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev telefon orqali muloqot davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevni respublika prezidentligiga nomzodi ilgari surilgani bilan tabrikladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

O‘zbekiston bayrog‘i - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston O‘zbekiston bilan munosabatlarni chuqurlashtirishni rejalashtirmoqda
"Telefon suhbati davomida respublika prezidenti Shavkat Mirziyoyevni 4-dekabrda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovlarida nomzodi ilgari surilgani bilan tabrikladi", — deyiladi Qozog‘iston prezidenti matbuot-xizmati tomonidan e’lon qilingan xabarda.

O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati xabariga ko‘ra esa Mirziyoyev va Nazarboyev o‘rtasida suhbat konstruktiv,ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari ruhida o‘tgan.

"Muloqot chog‘ida tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy va gumanitar sohalarda O‘zbekiston – Qozog‘iston munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar. Tomonlar turli vazirliklar, idoralar, xo‘jalik subyektlari va boshqa tashkilotlar o‘rtasida erishilgan o‘zaro kelishuvlar hayotga izchil tatbiq qilinayotganidan mamnuniyat bildirdilar", — deyilgan xabar matnida.

Ta’kidlanishicha, Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik ayrim muammolarni ham muhokama qilib, tomonlarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan maslahatlashuvlarni davom ettirish zarurligini ta’kidlaganlar.

Yangiliklar lentasi
0