Madaniyat

Noyabr oyi oxirida Oʻzbekistonda moda haftaligi boʻlib oʻtadi

© Studio Saaz PhotographyModelyer Lali Fozilova ijodi
Modelyer Lali Fozilova ijodi - Sputnik Oʻzbekiston
22-27 noyabr kuni oʻtkaziladigan moda haftaligida Italiya, Polsha, Latviya, Xitoy, Janubiy Koreya, Kuvayt kabi davlatlardan mutaxassislar ishtirok etishi kutilmoqda

TOSHKENT, 4 noya — Sputnik. Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida mazkur moda haftaligi oldidan matbuot anjumani tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Jahon" AA.

Oʻzbekiston libos dizaynerlarining ijod namunalari, nafis va betakror milliy matolarimiz xorijiy davlatlarda oʻtkazilayotgan moda namoyishlarida yuksak eʼtiborga sazovor boʻlmoqda. Moda haftaligida Italiya, Polsha, Latviya, Xitoy, Janubiy Koreya, Kuvayt kabi davlatlardan mutaxassislar ishtirok etishi kutilmoqda.

Oʻzbek dizaynerlari yaratgan Just markasidagi liboslar. - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbek dizaynerlari mahalliy bozorlardan Turkiya va Xitoy liboslarini siqib chiqarmoqchi
Haftalik doirasidagi tadbirlar qamrovi keng va rang-barang. Oʻziga xos moda marafoni tarzidagi ushbu loyiha oʻzbek milliy matolari va anʼanaviy liboslariga bagʻishlangan toʻqimachilik koʻrgazmasi bilan ochiladi. Xorijlik mutaxassislar ishtirokida oʻtkaziladigan ilmiy-amaliy anjumanda moda sanoatiga innovatsion texnologiyalarni joriy etish, "Lyukch" toifasidagi liboslarni ishlab chiqarish va takomillashtirish, oʻzbek modasining rivojlanish tendentsiyalari, moda biznesi, bu borada odamlar ehtiyoj va talablari kabi masalalar muhokama etiladi.

Yosh dizaynerlar namoyishi moda sohasida izlanayotgan yigit-qizlar uchun oʻz salohiyati, ilk ijodiy qadamlarini namoyish etish uchun qulay imkoniyat boʻlsa, mualliflik koʻrigida yurtimiz va xorijning mohir dizaynerlarining eng yaxshi kollektsiyalaridan bahramand boʻlish mumkin. Haftalik tadbirlaridagi kollektsiyalarni tomoshabinlar eʼtiboriga havola etishda yurtimizning barcha hududlaridan yoshlar ishtirok etadi.

Mahalliy va xorijiy moda mutaxassislarining mahorat saboqlarida yosh dizaynerlarning didini yuksaltirish, koʻrkam liboslar yaratish, ularni keng omma eʼtiboriga havola etish jarayoniga toʻgʻri yondashuvni shakllantirish kabi jihatlarga katta ahamiyat qaratiladi. Haftalik dasturidan oʻrin olgan Milliy libos festivali mamlakatimiz dizaynerlik sohasida izlanayotgan isteʼdodlarga boy ekanini ishtirokchilariga yana bir karra namoyon etadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala