Poklonskaya Leninni 20-asr vahshiylari safiga qo‘shdi

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishRossiya Davlat dumasi deputati Natalya Poklonskaya
Rossiya Davlat dumasi deputati Natalya Poklonskaya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Payshanba kuni o‘zining LiveJournal blogida Poklonskaya Vladimir Lenin, Lev Troskiy, Adolf Gitler va Mao Szedunni "yigirmanchi asr vahshiylari" deb atagan

TOShKENT, 4 noya — Sputnik. Rossiya Davlat Dumasi deputati Natalya Poklonskaya RIA Novosti xalqaro axborot agentligiga bergan intervyusida Vladimir Leninni Adolf Gitler bilan "yigirmanchi asr vahshiylari" qatoriga qo‘shar ekan, bu bilan "Yedinaya Rossiya" partiyasidagi hamkasblari nomidan gapirmaganini, balki o‘z shaxsiy fikrini bildirganini ma’lum qilgan.

Gap shundaki, payshanba kuni o‘zining LiveJournal blogida Poklonskaya Vladimir Lenin, Lev Troskiy, Adolf Gitler va Mao Szedunni "yigirmanchi asr vahshiylari" deb atagan.

"Bizda axir so‘z erkinligi bor. Bu mening shaxsiy fikrim, fuqarolik pozitsiyam. Men bu yerda qandaydir jamoatchilik fikrini ilgari surayotganim yo‘q", — deb ta’kidlagan agentlikka Poklonskaya.

Yangiliklar lentasi
0