O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov vafot etdi

© Foto : Ranoxon XodjayevaAbdulla Oripov
Abdulla Oripov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shoir Muhammad Ismoil o‘zining Facebookdagi sahifasida shoirning salomatligi uchun barchadan duo so‘ragandi

TOShKENT, 5 noya – Sputnik. O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni, Davlat madhiyasining muallifi Abdulla Oripov bugun, 5-noyabr kuni og‘ir xastalik tufayli 75 yoshida vafot etdi. Bu haqda uz24.uz sayti ma’lum qildi.

Abdulla Oripov AQShning Nyu-York shahrida davolanish kursini o‘tayotgani haqida xabar berilgan, kuni kecha shoir Muhammad Ismoil o‘zining Facebookdagi sahifasida shoirning salomatligi uchun barchadan duo so‘ragandi.

Sputnik O‘zbekiston tahririyati marhum ustoz shoirning oila a’zolari va yaqinlariga, o‘zbek xalqiga chuqur hamdardlik bildiradi.

Yangiliklar lentasi
0