Inson umrini uzaytirishga bag‘ishlangan tibbiy anjuman bo‘lib o‘tdi

© Sputnik / Vladimir Akimov / Mediabankka o‘tishO‘zbekiston qariyalari
O‘zbekiston qariyalari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
SamDTIda Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekistonlik tibbiy mutaxassilar ishtirokida Gerontologiya va Geriatriyaga bag‘ishlangan tibbiy anjuman bo‘lib o‘tdi.

TOShKENT, 6 noya — Sputnik. Samarqand Davlat tibbiyot institutida gerontologiya va geriatriyaning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Zarafshon nashri.

Xalqaro tibbiy anjumanda Rossiya va Qozog‘istondan tashrif buyurgan tibbiyot mutaxassislari hamda mamlakatimiz meditsina oliy o‘quv yurtlarida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.

Gerontologiya — odam qarishining biologik, ijtimoiy va ma’naviy-ruhiy jihatlarini va uning sabablarini, unga qarshi kurashish usullarini o‘rganuvchi fan. Geriatriya esa ushbu fanning tarkibiy qismi bo‘lib, keksalik davrida yuzaga keluvchi kasalliklar, ularni davolash va oldini olishni o‘rganadi.

Anjumanda, jumladan, umrni uzaytirishda parhezning o‘rni va bu boradagi ilg‘or tajribalarni amaliyotda qo‘llashga oid ma’ruzalar ham tinglandi.

- Mamlakatimizda keksalik va qarish masalasini tadqiq qilishning nazariy-uslubiy asoslari yaratilgani nazariy tasavvurlarimizning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi, — deydi Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori, akademik Sh.Karimov. — Chunki bu holatlar yurtimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy chora-tadbirlar kompleksi tarkibida jamiyatda keksa va qariyalarning hayot sharoitlarini yaxshilashga yo‘naltirilgan ishlarning bir qismi sanaladi. Bu esa mazkur yo‘nalishda olib boriladigan tadqiqotlar jamiyatda qarishning oldini olishga oid nazariyalarni keng targ‘ib qilish imkonini beradi. 

Ma’lumki O‘zbekiston inson umri uzunligi borasida MDHda birinchi o‘rinda, dunyoda esa yetakchi o‘rinlardan birini egallab kelmoqda. Bunga sabab birinchidan xalqimizning insonparvarligi va qariyalarga chuqur hurmat-izzat hamda g‘amxo‘rlik qilishi bo‘lsa, ikkinchidan Hukumat tomonidan amalga oshirilgan sa’y-harakatlar ham o‘z samarasini ko‘rsatgan. Statikstik ma’lumotlarga ko‘ra 1990-yildan bugunga qadar aholining o‘rtacha umr uzoqligi 67 yoshdan 73,5 yoshga, ayollar orasida esa 75,8 yoshga yetgan.

Ayni paytda O‘zbekistonda 225 ming nafardan ziyod 80 yoshdan, 44 ming nafardan ortiq 90 yoshdan, qariyb 9 ming nafarga yaqin 100 yoshdan oshgan tabarruk qariyalar yashayotganini alohida ta’kidlash lozim.

O‘zbekiston - umri uzoqlar mamlakati
O‘zbekiston - umri uzoqlar mamlakati - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston - umri uzoqlar mamlakati
Yangiliklar lentasi
0