Odam savdosiga qarshi davra suhbati bo‘lib o‘tdi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishHibsga olingan migrantlar
Hibsga olingan migrantlar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat boshqaruvi akademiyasi va Bosh prokuratura odam savdosiga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil qilishdi.

TOShKENT, 6 noya — Sputnik. Davlat boshqaruvi akademiyasida Bosh prokuratura bilan hamkorlikda O‘zbekistonda odam savdosiga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Bosh prokuratura matbuot xizati.

Bo‘lib o‘tgan davra suhbatida Bosh prokuratura xodimlari, Akademiyaning professor-o‘qituvchilari va tinglovchilari, shuningdek boshqa mutasaddilar ishtirok etdi.

IIV bayonoti: O‘zbekistonda odam savdosi darajasi pasaydi

Tadbir davomida Bosh prokuratura Matbuot xizmati rahbari G. Rahimovaning "O‘zbekiston Respublikasida odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha milliy qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyoti" mavzusida taqdimoti o‘tkazildi.

Shuningdek, davra suhbati doirasida Akademiya tinglovchilari bilan odam savdosiga qarshi kurashishning dolzarb masalalari yuzasidan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, huquqni saqlash organlari tomonidan olib borilgan samarali kurash natijasida O‘zbekistonda odam savdosi keskin kamayib bormoqda. 2015-yilda odam savdosi 23 %ga kamayib, ushbu jinoyatga qo‘l urgan kimsalar ustidan 372 ta jinoiy ish ochildi va 460 nafar jinoyatchi jazoga tortildi.

Yangiliklar lentasi
0