Dunyoda

Iroq qurdlari Rossiyadan gumanitar va harbiy yordam soʻradi

© Sputnik / Dmitriy Vinogradov / Fotobankka oʻtishQurd koʻngillilari - peshmerge kuchlari
Qurd koʻngillilari - peshmerge kuchlari - Sputnik Oʻzbekiston
Qurdiston jahon hamjamiyati, jumladan Rossiyadan ham terrorchilikka qarshi kurashda va gumanitar masalalarda yordam kutmoqda.

TOSHKENT, 7 noya — Sputnik. Iroq Qurdistoni hukumati Rossiyadan harbiy va gumanitar yordam soʻrab murojaat qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti. Bu haqida Iroqdagi Qurdiston avtonomiyasi xalqaro aloqalar departamenti rahbari Falax Mustafa Bakir xabar qildi.

Rossiya TIV matbuot xizmati xabariga koʻra, 1 noyabrda Falax Mustafa Bakir Rossiya Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Mixail Bogdanov bilan uchrashgan edi. Uchrashuvda tomonlar iroqda vaziyatning barcha jihatlarini, jumladan Mosulad  "Islom davlati" poytaxtiga qarshi boshlangan harbiy operatsiya va Iroq Qurdistonidagi vaziyat ham  muhaokama qilingan edi. 

"Ha biz Rossiyadan harbiy yordam soʻradik, chunki hozir terrorchilikka qarshi kurash juda muhim masalaga aylangan", — dedi Bakir "Izvestiya" gazetasi muxbiriga.

Bakirning soʻzlariga qaraganda, bugungi vaziyatda jahon hamjamiyati, jumladan Rossiya ham qurdlarga har tomonlama yordam koʻrsatishi kerak.

"Ushbu tashrif bizga koʻp masalalar borasida Rossiya nuqtai nazarini tushunish imkonini berdi. Undan tashqari biz Rossiyadan peshmerga (qurd koʻngillilari) kuchlarini qoʻllab quvvatlashni va Iroq Qurdistoniga Suriya va boshqa hududlardan kelgan qochqinlarga gumanitar yordam koʻrsatishni soʻradik", — dedi Bakir.

Uning soʻzlariga qaraganda, Rossiya ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish va peshmerga kuchlari olib borayotgan faoliyatining muhim ekanligini taʼkidlagan.

"Moskva bu borada bizning soʻrovni oʻrganib chiqib imkon qadar yordam berishga vaʼda berdi", — dedi soʻzining oxirida Bakir.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala