Janubiy Koreya KXDRning raketa otishini kutmoqda

© AP Photo / Wong Maye-E KXDR ballistik raketasi
KXDR ballistik raketasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Janubiy Koreya istalgan vaqtda o‘rta masofaga yetib boruvchi "Xvason-10" raketasi uchirilishini kutmoqda

TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Janubiy Koreya qurolli kuchlari Koreya yarimorolidagi murakkab siyosiy vaziyat va bo‘lajak AQSh prezidenti saylovlari sababli ehtimoliy yadro sinovlaridan xavotirlanib KXDRni kuzatishni kuchaytirdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti Ronxap agentligiga asoslanib.

Janubiy Koreyada harbiy mashg‘ulotlar - Sputnik O‘zbekiston
OAV: Janubiy Koreya Kim Chen Inni "bartaraf etadigan" maxsus qo‘shinlarni tayyorlamoqda

Agentlikning ma’lum qilishicha, Janubiy Koreya mudofaa vazirligi o‘tkazgan brifingda vazirlik vakili "qurolli kuchlarimiz tayyorgarlikni kuchaytirishdi va Shimoliy Koreya tomonidan Pxungeri va Tonchxanni yadro poligonlarida ehtimoliy strategik hamda taktik ig‘vogarliklar amalga oshirilishini kuzatib turishibdi" dedi.

Shimoliy Koreyaning Tonchxanni pos`lkasida ballistik raketalar uchiriladigan maydon joylashgan. Janubiy Koreya bu yerdan istalgan vaqtda o‘rta masofaga yetib boruvchi "Xvason-10" raketasi uchirilishini kutmoqda.

"Pxungeri va boshqa joylar atrofida texnika harakati kuzatilmoqda, xususan, raketa uchirish texnikalari ham harakatga keltirilgan", — deydi manba.

Yangiliklar lentasi
0