Jamiyat

Toshkent metrosi "Oʻzbekiston temir yoʻllari" tarkibiga kirdi

Xabarda metropolitenga temiryoʻl kompaniyasi oʻrinbosari rahbarlik qilishi koʻrsatilgan

TOSHKENT, 7 noya — Sputnik. Toshkent metropoliteni "Oʻzbekiston temir yoʻllari" aktsiyadorlik jamiyati tarkibiga kiritildi, deb xabar beradi Lex.uz portali.
28 oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bu boradagi tegishli qarori eʼlon qilindi. Ilgari Toshkent metropoliteni poytaxt yoʻlovchi transportini boshqaruvchi "Toshshahartransxizmat" kompaniyasi tizimida edi.

Metro poyezdi - Sputnik Oʻzbekiston
Sergelida yer usti metrosi qurilishi boshlandi

Xabarda metropolitenga temiryoʻl kompaniyasi oʻrinbosari rahbarlik qilishi koʻrsatilgan.

Ilgariroq Yunusobod tumanidagi metro qurilishini davom ettirish hamda Sergeli tumanidagi yerusti metrosini qurish bilan "Oʻzbekiston temir yoʻllari" shugʻullanishi maʼlum qilingandi. Har ikki obʼyektda ishlar boshlab yuborilgan.

Toshkent metrosi Markaziy Osiyoda qurilgan birinchi metro boʻlib, 1977 yilda faoliyat boshlagan. U toʻqqizta stantsiyadan iborat boʻlib, uzunligi 12,2 kilometrni tashkil etgan. Hozirda 29 stantsiyadan iborat metro liniyasining umumiy uzunligi 36,2 kilometrga teng.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala