O‘zbekiston London turizm ko‘rgazmasida ishtirok etadi

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Mediabankka o‘tishLondon
London - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston bugun Londonda boshlangan World Travel Market – 2016 xalqaro turzim ko‘rgazmasida qatnashadi

TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Tadbir 9-noyabrga qadar davom etadi. Ko‘rgazmada O‘zbekistonni "O‘zbekturizm", "O‘zbekiston havo yo‘llari" kompaniyalari va mamlakatning turistik biznes hamjamiyatlari tanishtirishadi, deb xabar beradi Review.uz.

WTM — bu turizm va mehmondo‘stlik sohasida jahondagi eng yirik ko‘rgazma bo‘lib, unda dunyoning deyarli barcha mamlakatlaridan 5 mingga yaqin kompaniya ishtirok etadi.

O‘zbekistonga keladigan turistlar soni oshadi

O‘zbekiston mazkur ko‘rgazmada 2009-yildan buyon qatnashib keladi. Tadbir davomida 10000ga yaqin professional xaridorlar O‘zbekistonning eng yaxshi turistik brendlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ko‘rgazma doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi Jahon turizm tashkiloti sammitida ishtirok etadi hamda yirik xorijiy turistik kompaniyalar rahbarlari va xorij OAV vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.

Ko‘rgazma yakunlanganidan so‘ng O‘zbekistonning Londondagi elchixonasida Buyuk Britaniya turistik biznesi va OAV vakillari uchun taqdimot marosimi bo‘lib o‘tadi, shuningdek, ikki davlat turistik operatorlari o‘zaro uchrashuv o‘tkazadilar.

Yangiliklar lentasi
0