Jeki Chan Rossiya va Xitoy kinoijodkolari filmida suratga tushmoqda

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Mediabankka o‘tishJeki Chan Moskvada
Jeki Chan Moskvada - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jeki Chan rossiyalik va xitoylik kinoijodkorlar tomonidan suratga olinayotgan yangi kartinada Arnold Shvarsenegger bilan birgalikda suratga tushayotganini ma’lum qildi

TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Dunyoning eng mashhur aktorlaridan biri bo‘lgan Jeki Chan Rossiya va Xitoy kinoijodkorlari tomonidan suratga olinayotgan "Xitoyga sayohat" kartinasida suratga tushmoqda, deb xabar qilmoqda RIA Novosti. Jeki Chan bu haqda Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan Xitoy kinosi festivali ochilish marosimida aytib o‘tgan.

"Rossiyada juda ko‘p muxlislarim bor ekan. Men bundan bag‘oyat xursandman. Ayni vaqtda Xitoyda Xitoy-Rossiya tomonidan suratga olinayotgan hamkorlikdagi filmni suratga olyapman. Kartina "Xitoyga sayohat" deb nomlanadi", — degan Jeki Chan.

Aktor, shuningdek, ushbu kartinada Arnold Shvarsenegger bilan birgalikda suratga tushayotganini qo‘shimcha qilgan. Xabarlarga ko‘ra, ushbu kartinaga Rossiyaning ko‘plab taniqli aktorlari jalb qilingan.

Jeki Channing so‘zlariga qaraganda, u Rossiyada bir oz sovqotgan. "Yaxshiyamki issiq kurtkam bor ekan. Hozir hammasi "ok", — deya Rossiya haqidagi taassurotlari bilan bo‘lishdi aktor.

Rossiyadagi Xitoy kinosi festivali 8-27 noyabr kunlari Moskva va Rostov-Donda o‘tkaziladi. "Xitoy kinosi festivali madaniyat va kinematografiya sohasida ikkiyoqlama aloqalarni mustahkamlashga yo‘naltirilgan". — deb ta’kidlangan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0