Lola Karimova katta tanaffusdan so‘ng onasi bilan tushgan suratini e’lon qildi

Obuna bo‘lish
Lola Karimova-Tillayeva o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida uzoq muddatdan so‘ng onasi Tatyana Karimova bilan tushgan suratini e’lon qildi

TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Mazkur suratda Lola va Tatyana Karimovalar Samarqand nonlarini ushlab turgani aks etgan.
"Yurtimizda nonning bir necha yuz turi mavjudligidan xabaringiz bormi? Dovrug‘i dunyoga taralgan o‘zbek nonining turlari mana shunday xilma-xildir. Milliy taomlar mutaxassislarining fikriga qaraganda, o‘zbek nonining ba’zi bir turlarini ona zamindan boshqa joyda yopa olishmaydi, hatto barcha kerakli masalliqlar to‘la to‘kis ishlatilgan taqdirda ham. Bu xususida Samarqand nonining tarifiga oid mashhur rivoyat barchamizga yaxshi ma’lum",—deb yozgan Lola Karimova suratni izohlab.

 

Yangiliklar lentasi
0