Iqtisod

Oʻzbekiston MDHda erkin savdo zonasi tezroq ishga tushishini xohlaydi

Oʻzbekiston MDH hududida erkin savdo zonasi tashkil qilish va mamlakatlar orasidagi hamkorlik aloqalarini kuchaytirish tarafdori.

TOSHKENT, 8 noya – Sputnik. Oʻzbekiston MDHda erkin savdo zonasi tashkil qilish tarafdori, dedi  Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Anvar Nosirov "Rossiyaning 2017 yil davomida MDHda raislik kontseptsiyasi" taqdimot marosimida.

“Oʻzbekiston Hamdoʻstlik mamlkatlari orasida, mavjud boʻlgan savdo tartibini buzmaydigan, toʻla qonli erkin savdo hududini imkon qadar tezroq tashkil qilish tarafdori”, — dedi Nosirov Toshkentdagi Rossiya elchixonasida boʻlib oʻtgan tadbirda.

Oʻzbekiston va MDH davlatlari orasida erkin savdo hududi tashkil qilish haqidagi shartnomani ayni damda Rossiya, Qozogʻiston, Belorussiya, Moldaviya, Ukraina va Armaniston ratifikatsiya qilgan. Nosirov Qirgʻiziston va Tojikiston rahbariyatidan ham ushbu shartnomani maʼqullar borasida kerak boʻladigan amaliyotlarni bajarilishini kutayotganini aytib oʻtdi.

S-400 Triumf zenit-raketa majmualari - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Oʻzbekiston MDH Havo mudofaasi oʻquv-mashgʻulotlarida ishtirok etdi

Vazir oʻrinbosarining soʻzlariga qaraganda, Oʻzbekiston har yili xalqaro bozorga 200dan ortiq yuqori ustamali mahsulotlar yetkizib beradi. Ushbu munosabat bilan, Oʻzbekistonda MDH davlatlari bilan savdo aloqalarini rivojlantirishga qiziqishi katta.

MDH erkin savdo hududi shartnomasi 2011 yilning 18 oktyabrida Hamdoʻstlikning 8 mamlakati Rossiya, Armansiton, Belorussiya, Qogʻogʻiston, Qirgʻiziston, Moldaviya, Tojikiston va Ukraina tomonidan imzolangan edi. 2013 yil oxirida MDH erkin savdo hududi shartnomasini Oʻzbekiston ham ratifikatsiya qilgan edi.

Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari MDH mamlakatlari orasida erishilgan oldingi kelishuvlar kelajakda tashkilotning yanada mustahkamlanishiga olib kelishi va toʻplangan tajribaning ijobiy maqsadlar yoʻlida foydalanish kerakligini taʼkidladi. Shuningdek, Oʻzbekiston MDH doirasida erishilgan transport, xavfsizlik, iqtisod va gumanitar sohalardagi shartnomalar bekor qilinishiga yoʻl qoʻymaslik tarafdori ekanligini ham bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala