O‘zbekistonda manzarali ko‘chatlarni ekish bo‘yicha ekologik aksiya o‘tkazildi

© Informatsionnaya slujba Goskomprirodi Respubliki UzbekistanYoshlar ko‘chat ekmoqda
Yoshlar ko‘chat ekmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad – ta’lim muassasalarida ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, yashil hududlar maydonini kengaytirish, yoshlarni atrof-muhit barqarorligini ta’minlashda faolligi va mas’uliyatini yanada oshirish, mahallalar hududlarini, aholi turarjoylari atrofini bundan-da ko‘rkam ko‘rinishga keltirishdan iborat

TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Joriy yilning 8-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Davlatbionazorat inspeksiyasi tashabbusi bilan Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabida manzarali ko‘chatlarni ekish bo‘yicha ekologik aksiya tashkil etildi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi axborot xizmati.

Toshkentda daraxt kesish uchun internet orqali ruxsat olish mumkin bo‘ldi
Tabdirda O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi xodimlari, Davlatbionazorat inspeksiyasi mas’ullari, tennis maktabi rahbariyati, o‘qituvchilar va o‘quvchilar, ota-onalar, mahalla faollari hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etdilar, deyiladi xabarda.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad – ta’lim muassasalarida ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, yashil hududlar maydonini kengaytirish, yoshlarni atrof-muhit barqarorligini ta’minlashda faolligi va mas’uliyatini yanada oshirish, mamlakatimiz bo‘ylab amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishiga yaqindan ko‘maklashish orqali xalqimizga xos ezgu fazilatlarni yuksaltirish, ularni yoshlar qalbiga singdirish, mahallalar hududlarini, aholi turarjoylari atrofini bundan-da ko‘rkam ko‘rinishga keltirishdan iborat.

Ko‘chat ekish, bog‘ yaratish xalqimizga xos ezgu qadriyatlardan sanaladi. Otalarning farzandiga atab daraxt ekishi ham avloddan-avlodga o‘tib, qadriyat darajasiga ko‘tarilgan.

Mustaqillik yillarida shahar va qishloqlarimiz, korxona va tashkilotlar, muassasalar, ayniqsa ta’lim muassalari va o‘quv yurtlarida ko‘chat ekishdek ezgu an’ana shakllandi.

Ana shu ezgu an’anaga muvofiq, Davlatbionazorat inspeksiyasi xodimlari va aksiya ishtirokchilari tomonidan tennis maktabi hududiga hashar yo‘li bilan manzarali daraxtlardan — archa (mojjevelnik – qora archa) ko‘chati ekildi. Mazkur hasharda 70 dan ziyod qatnashchi faol ishtirok etdi. Mazkur aksiya barchaga ko‘tarinki kayfiyat, ruhiy ozuqa baxsh etdi, desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Unda yashil tabiat rivojiga hissa qo‘shayotgan har bir qatnashchining yuzida his-hayajon va quvonch shundoqqina aks etib turardi.

Ayniqsa, yoshlarning faolligini aytmaysizmi?! Biri archa uchun yer qazishga ko‘maklashgan, biri chelak-chelak suv tashigan, yana biri archa tagiga tuproq tortapti… Buning ham o‘ziga xos gashti bor… Chetdan kuzatib turib kishining bahri dili ochiladi. Zero, uyushqoqlik, hamjihatlik bor joyda, albatta osoyishtalik, fayzu baraka bo‘ladi.

Ko‘chat ekish paytida mutaxassislar yosh avlodga archa haqida qisqa ma’lumot ham berib o‘tdilar. Archa bir jinsli, bir yoki ikki uyli, shamol yordamida changlanuvchi, ignabargli o‘simlik hisoblanadi. Uning 2-3 yoshli ko‘chati ekiladi, mart-may oylarida esa gullaydi. Ba’zi turlari tropik hududlardagi tog‘larda ham uchraydi. Archaning xo‘jalikdagi ahamiyati g‘oyatda katta. Yog‘ochi me’morlik, o‘ymakorlik va qalam yasashda ishlatiladi. Ba’zi turlaridan xushmanzara o‘simlik sifatida ham foydalaniladi. Archasimon daraxtlar qishin-yozin yashillikka burkangan bo‘ladi. Natijada yil bo‘yi changni yutib, havoni tozalab turadi.

Toshkent viloyatida daraxt kshchatlari ekish - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent – Chorvoq yo‘li bo‘ylab mingdan ortiq daraxt ekildi
Ba’zi daraxtlar ham borki, insonga kuch-quvvat baxsh etsa, ayrimlari qon bosimini maromiga keltirib, yurak va asab tizimi faoliyatiga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Daraxtlar atrofning sanitariya-gigiyena holatini yaxshilaydi, kuchli shamollarni qaytaradi, o‘zidan zararli mikroblarni o‘ldiruvchi fitonsidlar ishlab chiqaradi.

Ajab emas, yuqoridagi tadbir o‘quvchi-yoshlarning ekologik madaniyatini oshirish, ularni tabiatga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalashga xizmat qilgan bo‘lsa…

Ta’bir joiz bo‘lsa, yana bir narsani aytib o‘tish lozim, biz do‘ppisida suv tashib bo‘lsa ham daraxt ko‘kartirishga odatlangan xalqmiz. Yerga qadagan nihollarimiz ko‘kka bo‘y cho‘zib, sersoya va serhosil daraxtga aylanadi. Bugun ularni parvarishlash har birimiz uchun ham farz, ham qarzdir.

Ezgulikka yo‘g‘rilgan tadbirdan qaytar ekanmiz, "savob ishni har kun qilish kerak, savob ishni har kim qilish kerak" degan purma’no hikmat bejizga aytilmaganiga yana bir bor amin bo‘ldik.

Yangiliklar lentasi
0