"Paxta qulligi" tufayli YEI va Oʻzbekiston oʻrtasidagi hamkorlik bekor boʻlishi mumkin

© Sputnik / Stanislav Korыtnikov / Fotobankka oʻtishPaxta yigʻim-terimi
Paxta yigʻim-terimi - Sputnik Oʻzbekiston
Toʻqimachilik protokolining qabul qilinishi - bu YEI tashqi siyosiy tamoyillariga zid boʻlishi hamda Oʻzbekiston hukumati tomonidan majburiy mehnatdan foydalanish singari dalillarini eʼtiborsiz qoldirilishi demakdir

TOSHKENT, 8 noya — Sputnik. Human Rights Watch tashkiloti Yevropa parlamentini YEI va Oʻzbekiston oʻrtasida oʻzaro hamkorlik aloqalari shartnomasi imzolanishiga rozi boʻlmaslikka chaqirmoqda, deb xabar qilgan Sputnik Tojikiston nashri.

Tashkilot rasmiy saytida eʼlon qilingan bayonotga muvofiq, ayni vaqtda toʻqimachilik protokolining qabul qilinishi Oʻzbekistonda majburiy mehnatdan foydalanish holatlari davom etayotganiga koʻz yumish bilan barobardir. "Bu esa YEI tashqi siyosiy tamoyillariga zid", — deyilgan xabarda.

"Biz, sizni Oʻzbekistonda majburiy mehnatdan foydalanish holatlariga barham berilgan holdagina Yevropa parlamenti shartnoma imzolash qarorini qayta koʻrib chiqishga chaqiramiz", — deb qoʻshimcha qilingan xabarda.

Paxta terimi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Mehnat vazirligi paxta terimida majburiy mehnatdan foydalanish taqiqlangani haqida eslatdi
Xalqaro savdo Qoʻmitasi(INTA)ning oʻzbeklar huquqlariga eʼtibori hamda majburiy mehnatdan foydalanishga chek qoʻyishga daʼvatlari tufayli 2011 yilda Yevropa Ittifoqi va Oʻzbekiston oʻrtasida toʻqimachilik protokoli imzolanishi — Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) kuzatuvchilari ushbu holatni biron bir qarshiliklarsiz kuzatish imkoniga ega boʻlmagunlariga qadar kechiktirilgan edi.

Ammo shunday boʻlsa-da, deb taʼkidlangan bayonotda, Human Rights Watch tashkiloti 2016 yilgi paxta yigʻim-terimi mavsumida katta yoshdagi yuz minglab kishilarning paxta terimiga majburiy safarbar etilishi holatini qayd etgan. Xabarda aytilishicha, hatto, viloyatlarda paxta yigʻimi shart-sharoitlarini nazoratga olmoqchi boʻlgan ikki nafar chet ellik jurnalist hamda xalqaro kuzatuvchilarga nisbatan hujum amalga oshirilgan.

Oʻzbekiston hukumati majburiy mehnatdan foydalanish amaliyoti toʻxtatiladi, deb ishontirganiga qaramay, Human Rights Watch tashkiloti aks dalillarga guvoh boʻlib turibdi, deb yozilgan saytda eʼlon qilingan xabarda.

Paxta hosili - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Ekspert: Oʻzbekiston paxta sotishdan tekstil eksportiga oʻtadi
"Andijon, Fargʻona, Namangan, Jizzax, Surxondaryo viloyatlaridan minglab talabalar paxta terimiga joʻnatilgan. Talabalar "paxta yigʻim-terimida ixtiyoriy ravishda ishtirok etish shartnomasini" imzolashga majburlanganlar", — deyiladi xabarda.

Bayonotda, shuningdek, Oʻzbekistonda bolalar mehnatidan foydalanish holatlari kamaygani ham qayd etilgan. Ammo, shunday boʻlsa-da, mahalliy mansabdorlar yigʻim-terim mavsumida kvotalarni bajarish ishtiyoqida bolalar majburiy mehnatiga murojaat qilib turishlari qoʻshimcha qilingan.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning sentyabr oyi oxirlarida Oʻzbekiston Mehnat vazirligi paxta terimida bolalar mehnati hamda majburiy mehnatdan foydalanish mamlakat qonunlariga va Xalqaro Mehnat Tashkiloti konventsiyasiga zid kelishidan ogohlantirgan edi.

Jamiyat
Oʻzbekistonda paxta terishga majburlash holatlari boʻyicha maʼlumot berildi
"Oʻzbekiston Respublikasi Xalqaro Mehnat Tashkilotining "Majburiy yoki bajarilishi shart boʻlgan mehnat toʻgʻrisida" (№29) va "Majburiy mehnatga barham berish toʻgʻrisida" (№105), "Ishga qabul qilishning minimal yoshi toʻgʻrisida" (№138) va "Bolalar mehnatining eng mudhish koʻrinishlariga barham berish va taqiqlash toʻgʻrisida" (№182)gi konventsiyalarda belgilangan meʼyorlarga asosan milliy qonunchilikda 18 yoshga yetmaganlarni majburiy mehnatga hamda sogʻliqqa zarar yetkazuvchi ishlarga jalb qilish taqiqlanadi", — deyiladi bayonotda.

Shuningdek, Mehnat vazirligi rasmiy saytida joylashtirilgan plakatda oʻqituvchilar va tibbiyot xodimlari aks ettirilgan. Plakatda har bir shaxs "qoʻshimcha shartlarsiz terimdan bosh tortishga haqli. Huquqlaringiz buzilgan taqdirda ishonch telefonlariga murojaat qiling", degan soʻzlar yozilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala