Putin yangi AQSh prezidentini qanday shaklda tabriklashi haqida

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishRossiya prezidenti Vladimir Putin
Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh prezidentligiga saylovlar 8-noyabrda bo‘lib o‘tadi. Demokratik partiyadan - Xillari Klinton, respublikachilardan - Donald Tramp ushbu lavozimga da’vogarlik qilishmoqda

TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putin yangi saylangan AQSh prezidentini tabriklashda qanday shaklda tabriklashini oshkor etishni xohlamadi. Peskovga ko‘ra, avvaliga ovoz berish natijalarini kutish kerak.

Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Tramp saylovlarni bekor qilish va uni prezident etib tayinlashlarini taklif qildi
AQSh prezidentligiga saylovlar 8-noyabrda bo‘lib o‘tadi. Demokratik partiyadan — Xillari Klinton, respublikachilardan — Donald Tramp ushbu lavozimga da’vogarlik qilishmoqda. Shuningdek, kongress va mahalliy hukumat organlariga saylovlar bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

"Tabriklashning turli shakllari mavjud, lekin diplomatik amaliyotda eng keng tarqalgani — qutlov telegrammalari hisoblanadi. Ko‘pincha aynan shunday amaliyot qo‘llaniladi. Prezident Putin qaysi shaklni tanlashini aniq ayta olmayman", — deb aytgan Peskov, jurnalist savollariga javob berar ekan.

Rossiya prezidenti matbuot-kotibining so‘zlariga ko‘ra, Amerikaning yangi rahbariga tabriknoma aynan qaysi kunda yo‘llanilishi ham hozircha noma’lum. "Keling, avval natijalar e’lon qilinsin — ular ma’lum bo‘lmasidan turib, ya’ni "podadan oldin chang chiqarish" bir oz noto‘g‘ri", — deb qo‘shimcha qilgan Peskov.

Yangiliklar lentasi
0