TATU rahbari virtual qabulxona ochgan birinchi rektor bo‘ldi

Obuna bo‘lish
To‘lqin Teshaboyev talaba va o‘qituvchilar savollariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob berishga tayor.

TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti rektori talaba va o‘qituvchilar savollariga shaxsan javob berishga tayor, deb xabar qilmoqda nuz.uz sayti.

TATU rahbari virtual qabulxonasi noyabr boshida o‘z faoliyatini boshlagan edi. To‘lqin Teshaboyev virtual murojaatlarni new.tuit.uz/appeals manzilda qabul qilishni boshlagan. Shuningdek saytda qilingan murojaatlar muddati, va amalga oshirilish qaysi bosqichda ekanligini ham kuzatish mumkin.

 

Shuni aytib sho‘tish kerakki, To‘lqin Teshaboyev O‘zbekiston rektorlari orasida birinchi bo‘lib virtual qabulxona ochdi. Bir necha kund oldin Xususiylashtirish va monopoliyadan chiqarish Davlat qo‘mitasi raisi Davron Hidoyatov ham o‘z internet qabulxonasini ochgan edi.

O‘zbekistondan real natija ko‘rsatayotgan virtual qabulxona dastlab Shavkat Mirziyoyev tomonidan ishga tushirilgan edi. Bugungi kunda O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning qabulxonasiga 70 mingdan ortiq murojaatnomalar kelib tushdi va ularning aksariyai o‘z yechimini topdi.

 

Yangiliklar lentasi
0