Dunyoda

Tojik senatorlari xalqqa sadoqat bilan xizmat qilishga ont ichdilar

© Sputnik / Sergey Subbotin / Fotobankka oʻtishDushanbe shahridagi prezident saroyi
Dushanbe shahridagi prezident saroyi - Sputnik Oʻzbekiston
Tojikiston Konstitutsiyasiga qoʻlini qoʻygan holda, birinchi boʻlib Tojikiston parlamenti yuqori palatasi spikeri Maxmadsaid Ubaydulloyev qasamyod keltirdi

TOSHKENT, 8 noya — Sputnik, Lidiya Isamova. Tojikiston parlamenti yuqori palatasi aʼzolari seshanba kuni xalqqa sodiq boʻlishga qasamyod qildilar, deb xabar qilmoqda RIA Novosti xalqaro axborot agentligi muxbiri.

Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Emomali Rahmon 15 yil ichida Tojikistonni energiya "qamalidan" ozod qilmoqchi
Tojikiston parlamenti ikkala palatasi deputatlari Tojikiston xalqiga, hukumat aʼzolari esa mamlakat prezidentiga qasamyod qilishlari haqidagi tuzatishlar mamlakat Konstitutsiyasiga 2016 yilning 22 may sanasida oʻtkazilgan umumxalq referendumida qabul qilingan edi.

Birinchi boʻlib, Tojikiston Konstitutsiyasiga qoʻlini qoʻygan holda mamlakat parlamenti yuqori palatasi spikeri Maxmadsaid Ubaydulloyev qasamyod keltirdi, deyiladi xabar matnida.

Senatorlar, xalq va davlat manfaatlari ular uchun har narsadan ustun boʻlishi, qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilishda halollik asosida ish koʻrishga ont ichganlar. Ular shuningdek, oʻz faoliyatlarini Tojikiston Konstitutsiyasi va qonunlari asosida amalga oshirishga, hamda oʻz bilim, kuch va tajribasini mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishga, milliy birdamlikni mustahkamlashga hamda inson haq-huqulari va erkinliklarini taʼminlash uchun yoʻnaltirishga qasamyod qilganlar.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala