Dunyoda

Uch nafar hind diplomati josuslik mojarosi tufayli Pokistonni tark etdi

© AFP / SAJJAD HUSSAINPokistonning Hindistondagi elchixonasi
Pokistonning Hindistondagi elchixonasi - Sputnik Oʻzbekiston
Hindiston oʻz diplomatlariga qoʻyilayotgan ayblovlarni toʻliq rad etmoqda

TOSHKENT, 8 noya — Sputnik. Hindiston elchixonasining Islomoboddagi uch xodimi Pokiston hukumati tomonidan qoʻyilgan josuslik toʻgʻrisidagi ayblovlardan soʻng Pokistonni tark etishdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Maxsus qismlar oʻquv-mashgʻulotlari, Isroil - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Pokiston chegarisiga yaqin joylashgan Hindiston aviabazasiga hujum uyushtirildi
Gap Anurag Sing, Vidjay Kumar Verma hamda Madxavan Nand Kumar ismli diplomatlar haqida bormoqda. Oʻtgan haftada Pokiston TIV tomonidan Hindiston maxsus xizmatlariga "shpionlik qilgan" sakkiz nafar hind diplomatlari orasida aynan shu uch diplomat ham tilga olingan. Nashr xabariga koʻra, diplomatlar Benazir Bxutto nomli xalqaro aeroportdan uchishgan va ayni vaqtda Dubay orqali Hindistonga yoʻl olishgan.

Aytish joizki, Hindiston oʻz diplomatlari nomiga boʻlayotgan ayblovlarni qatʼiy rad etib kelmoqda. Hindiston Tashqi ishlar vazirligi Pokiston hukumatini diplomatlar xavfsizligini taʼminlashga chaqirgan hamda ularning ehtimoliy chaqirib olinishi yuzasidan "umumiy holatdan, jumladan, xavfsizlik omilidan kelib chiqqan holda" qaror qabul qilishini bildirib oʻtgan.

Xabarda taʼkidlanishicha, OAVlarda "josuslik" bilan bogʻliq janjalli maqolalar chop etilgach Pokiston hukumati Hindistonning Nyu-Dehlisidan taxminan olti nafar diplomatlari chaqirib olishga majbur boʻlgan va shundan soʻng Hindistonning sakkiz nafar diplomatini "shpionlikda" ayblagan.

Hindiston va Pokiston oʻrtasidagi "josuslik" mojarosi 27 oktyabrda avj olgan: Hindiston hukumati josuslik ayblovi bilan qisqa muddatga hibsga olingan Pokiston elchixonasining Nyu-Dehlidagi xodimi Maxmud Axtarni mamlakat "qora roʻyxati"ga kiritgan edi. Xabarda aytilishicha, oʻshanda Nyu-Dehli hukumati Pokiston "josuslik tarmogʻi"ni fosh qilganini eʼlon qilgan. Oradan bir necha soat oʻtgach, Pokiston hind diplomati Surjit Singxni shpionlik faoliyatida ayblab, mamlakat "qora roʻyxatiga" kiritganini eʼlon qilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala