TOSHKENT, 9 noya — Sputnik. Donald Tramp kerakli miqdorda ovoz toʻplab AQSH prezidenti saylovida gʻalabaga erishdi, deb yozmoqda RIA Novosti, “Blumberg” xabariga asosan.
Maʼlumki, AQSH prezidenti saylovida gʻolib chiqish uchun 538 nafar umumiy saylovchilar 270 saylovchi ovoziga ega boʻlish kerak. Statistik maʼlumotlarga koʻra, ayni damda Tramp 276 saylovchi ovoziga ega boʻlgan. Trampning raqibi, Demokratik partiya vakili Xillari Klinton esa – 215 ovoz toʻplagan.
Eslatib oʻtamiz, AQShda prezident saylovining birinchi bosqchida mamlakatning 50 shtatida umumxalq saylovi boʻlib oʻtadi. Saylov natijalariga koʻra har bir shtatdan bir necha saylovchi vakillar tanlanadi. Umumiy hisobda butun AQSH boʻylab 538 nafar saylovchi vakillar tayinlanadi va ular oʻzlariga berilgan mandatlarga koʻra, 19 dekabr kuni boʻlgʻusi prezidentni saylashadi. Prezident tayinlanishi uchun kamida 270 nafar saylovchi vakil unga ovoz berishi kerak.
20 yanvardan yangi prezident inaguratsiya qilinib oʻz vazifasini bajara boshlaydi.
