TOSHKENT, 9 noya — Sputnik. Amerikaning eng "muhim" shtatlardidagi saylovchilar Tramp uchun ovoz berishdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti. Hatto, demokratlar partiyasidan AQSH prezidentligiga nomzod Xillari Klinton Trampga qoʻngʻiroq qilib, oʻz magʻlubiyatini tan olgan holda, raqibini gʻalaba bilan tabriklagan.
Internet olamida soʻnggi daqiqalarda omma eʼtiboriga havola qilinayotgan shingil yangiliklarni va mashhurlar tabriklarini keltirib oʻtamiz.
Xillarining tarafdorlari yum-yum yigʻlashmoqda
Demak, ayni vaqtda Xillari Klintonning tarafdorlari uning Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasini koʻzda yosh bilan tark etishmoqda. "Ular tund kayfiyatda, koʻzlarida esa yosh qalqmoqda. Klintonning oʻzi esa bugun saylovchilar oldida chiqish qilmasligini maʼlum qildi. Hozirgacha olingan maʼlumotlarga koʻra, saylovlarda respublikachi Donald Tramp gʻolib chiqishi ehtimoli ancha yuqori".
"Kampir Xillari dam olsin"
Rossiyaning LDPR partiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiy esa "Kampir Xillari endi dam olsin", — deya taʼkidlamoqda.

"AQSH prezidentlik saylovlarida eng yaxshi nomzod gʻolib chiqmoqda: u Rossiyani urush ochish bilan qoʻrqitgani yoʻq, axir amerikaliklar ham tinch-osuda hayotni xohlaydi", — deya taʼkidlagan Jirinovskiy.
Tramp — sensatsiya-odam
Xoʻsh, milliarderning oʻzi oʻz gʻalabasi haqida nima deydi?
"Ehtimol, keyinchalik odamlar bularning barchasi bekorga boʻlmaganini tushunib yetar. Ehtimol, toʻrt yoinki sakkiz yildan keyin "Ha, oʻshanda toʻgʻri qaror qabul qilingan ekan", dersiz"…
Riga esa SHOKda!
Latviya TIV sobiq rahbari Trampning AQSH prezidentligiga saylovlarda gʻalaba qozonganidan hamon hayratdaligini yashirmadi.
"Olamshumul xabar. Lekin tan olishdan oʻzga choramiz yoʻq. Bu koʻplab moliyaviy sektorlar, aksariyat davlatlar, shu jumladan Latviya uchun ham kutilmagan, hayratomuz xabar boʻldi. Bir necha oy ichida Trampning rahbarlik uslubini tushunib yetishimiz kerak boʻladi. Hozircha bu savolimizga aniq javob yoʻq, voqea qanday rivoj topishini kutamiz", — deb aytmoqda Latviya TIV sobiq rahbari Artis Pabriks.
Nima uchun Tramp?
TOVV (Anqara) universiteti rektori Togrul Ismoil nima uchun Xillari Klinton emas, balki Donald Tramp gʻalaba qozonganiga izoh berdi.

"ObamaAQSH ichki va tashqi siyosatida bir qator muammolarni yuzaga keltirdi va ularga yechim topa olmadi. Xillari Klinton esa birorta yangi narsa taklif etmadi. Shu bois ham, oʻzgarishlarni qumsab qolgan Amerika xalqi Trampni sayladi", — dedi u.