TOSHKENT, 9 noya — Sputnik. Xalq deputatlari Kattaqoʻrgʻon shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etgan viloyat hokimi Zoyir Mirzayev tashkiliy masalarni koʻrib chiqdi, deb xabar berilgan Samarqand viloyati hokimligi saytida.
"Kattaqoʻrgʻon shahar hokimi Shuxrat Rahmonov oʻz arizasiga binoan vazifasidan ozod etildi. Bahodir Safiyulayevich Sadullayev viloyat hokimi tavsiyasiga koʻra, shahar hokimi etib tasdiqlandi", — deyilgan xabar matnida.
Bundan tashqari, xalq deputatlari Oqdaryo tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ham tashkiliy masala koʻrilgan. Nurali Berdibayev oʻz arizasiga binoan, tuman hokimi vazifasidan ozod etilgan. Viloyat hokimi tavsiyasiga koʻra, Pirmatboy Usarov Oqdaryo tumani tumani hokimi etib tasdiqlangan.