TOSHKENT, 9 noya — Sputnik. AQSH prezidenti saylovi gʻolibi Donald Tramp, Nyu Yorkda oʻz saylovchilari oldida soʻzga chiqib qator masalalar boʻyicha oʻz nuqtai nazarini bildirdi, deb xabar qilmoqda RIA Nososti.
Gʻalabadan soʻng soʻzlagan oʻzining ilk nutqida amerikaning boʻlajak prezidenti mamlakatni tilka- pora qilayotgan yaralarini davolash vaqti kelganini aytdi.
"Hammaga shuni aytamanki, men barcha amerikaliklarning prezidenti boʻlishga vaʼda beraman", — dedi Tramp.
Shuningdek prezident nomzodi barcha amerikaliklar uchun porloq kelajak yaratishga vaʼda berdi.
"Biz yoʻllar, koʻpriklar, tunnel va aeroportlar quramiz, mamlakat infratuzilmasini tiklab olamiz. Buning uchun millionlab oʻz fuqarolarimiz ishlaydi", — dedi Tramp Nyu Yorkda oʻz tarafdorlari oldida soʻzga chiqib.
Tramp yana "amerika orzusini yangilash" ustida ham ish olib borishga vaʼda berdi.
Milliarderning soʻzlariga qaraganda, uning uchun AQSH manfaatlari hamma narsadan ustun, lekin shu bilan birga, xalqaro maydonda Tramp hamma bilan "halol hamkorlik qilishga" vaʼda berdi.
"Men butun dunyoga ishonch biln shuni aytamanki, AQSH manfaatlarini birinchi oʻringa qoʻygan holda, biz barcha xalq va millatlar bilan halol hamkorlik qilishga vaʼda beramiz. Biz hamkorlik tarafdori, mojarolar tarafdori emas", — dedi Tramp.
Tramp oʻz nutqida Xillari Klintonni ham esga oldi. Uning soʻzlariga qaraganda, Xillar qilgan xizmatlari uchun amerikaliklar uning oldida qarzdor.
Tramp bu yilgi prezident saylovi bu nafaqat saylov, balkim xalqning qudratli harakati boʻlganini ham aytib oʻtdi. Prezident nomzodi darhol ishga kirishishga tayor ekanligini taʼkidladi.
Siyosatchi Mixail Leontyevning aytishiga qaraganda, Donald Tramp Rossiya uchun "tushunarli" hamkor va raqib.
"Amerikada hech qachon oʻz nuqtai nazarini bunday aniq va ravshan izohlovchi rahbar boʻlmagan. Oxirgi oʻlab yillar davomida biror marta ham", — dedi Leontyev.