TOSHKENT, 9 noya — Sputnik. Oʻzbekiston hukumati Afgʻoniston va "Tolibon" radikal guruhi oʻrtasida muzokaralar uchun maydon taqdim qilishga tayyor, deb maʼlum qildi Afgʻoniston prezidentining MDH davlatlari bilan hamkorlik boʻyicha maxsus vakili Shokir Kargar. Bu haqda Afghanistan.ru nashri xabar bermoqda.
Kargar dushanba, 7 noyabr kuni oʻtkazilgan matbuot-anjumanida chiqish qilar ekan, Toshkent nafaqat Qobulning Afgʻonistonda tinchlikni tiklash boʻyicha saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlashini, balki yarashuv jarayonini aniq harakatlar bilan qoʻllab-quvvatlashi mumkinligini maʼlum qildi. Shu munosabat bilan rasmiy Toshkent oʻz hududida toliblar bilan uchrashuvni tashkillashtirishni taklif qilmoqda.
Bundan tashqari, Kargarning taʼkidlashicha, Oʻzbekiston Qobulning Shanxay hamkorlik tashkilotida toʻlaqonli aʼzolik qilishi boʻyicha arizasini qoʻllab-quvvatlash hamda Afgʻonistonga narkoxavfga qarshi kurashda koʻmak koʻrsatishga rozilik bildirgan, deb maʼlum qildi afgʻon ommaviy axborot vositalari.