Putin Trampga tabrik telegrammasini yo‘lladi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishRossiya prezidenti Vladimir Putin
Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidentligi saylovlarida g‘olib chiqqani munosabati bilan Trampga tabrik telegrammasini yo‘lladi

TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Vladimir Putin Donald Trampni saylovlarda g‘olib chiqqani bilan samimiy qutladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Klintonning tarafdorlari ko‘zda yosh bilan tarqalmoqdalar - Sputnik O‘zbekiston
"Kampir Xillari dam olsin" yoxud siyosatchilar Tramp g‘alabasi haqida
"Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidentligi saylovlarida g‘olib chiqqani munosabati bilan Trampga tabrik telegrammasini yo‘lladi", — deyilgan rasmiy Kreml tomonidan tarqatilgan xabarda.

Rossiya yetakchisi Trampga yo‘llagan tabrik maktubida birgalikda ikki mamlakat o‘rtasidagi inqirozga uchragan munosabatlarni qayta tiklashga umid bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp kerakli miqdorda ovoz to‘plab AQSh prezidenti saylovida g‘alabaga erishdi.

Ma’lumki, AQSh prezidenti saylovida g‘olib chiqish uchun 538 nafar umumiy saylovchilar 270 saylovchi ovoziga ega bo‘lish kerak. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, ayni damda Tramp 276 saylovchi ovoziga ega bo‘lgan. Trampning raqibi, Demokratik partiya vakili Xillari Klinton esa – 215 ovoz to‘plagan.

Yangiliklar lentasi
0