TOSHKENT, 9 noya — Sputnik. AQShdagi saylov yakuni Germaniya xalqi kutgan natijadan tubdan farq qilsa-da, ammo bu yakunni hurmat qilmoq kerak, deya bayonot qildi Berlinda Germaniya Federativ Respublikasi TIV rahbari Frank-Valter Shtaynmayer. RIA Novosti xabari asosida.
Eslatib oʻtamiz, 8 noyabr kuni AQShda boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovlari natijalariga koʻra, respublikachi Donald Tramp gʻalaba qozondi. Demokratlar partiyasidan prezidentlikka nomzod Xillari Klinton Trampga qoʻngʻiroq qilib saylovlarda magʻlubiyatga yuz tutganini tan oldi.
Shtaynmayer, shuningdek, AQShdagi saylovoldi kampaniyasi xalqaro munosabatlarga "tez bitmaydigan, chuqur jarohat yetkazganini" qoʻshimcha qildi. "Bu jarohatlar bitishi oson kechmaydi, shuni aytishim mumkin", — dedi Shtaynmayer hamda saylovoldi kampaniyasi davomida uning olib borilishi yuzasidan bir necha bor "chalgʻigani"ni qoʻshimcha qildi.