TOSHKENT, 9 noya – Sputnik. 2016 yilning 8 noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Amerika Qoʻshma Shtatlarining favqulodda va muxtor elchisi Pamela Leora Spratlenni qabul qildi. Bu haqda Oʻzbekiston TIV saytida xabar qilinmoqda.
Xabarga koʻra, suhbat davomida AQSH Davlat kotibining siyosiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari Tomas Shennonning 27-29 oktyabr kunlari Oʻzbekistonga tashrifi doirasida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston-AQSH uchrashuvlari va muzokaralari natijalari muhokama qilindi.
Shuningdek, uchrashuvda ikki tomon kun tartibining boshqa masalalari ham koʻrib chiqildi.