Hodisalar

Xotini va oʻgʻlini oʻldirgan fargʻonalik 17 yilga qamaldi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka oʻtishJinoyatchi
Jinoyatchi - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Sentyabr oyida Quvasoy shahrida yashovchi I. ismli erkak yaqinda Rossiyadan qaytgan xotini va toʻyiga uch kun qolgan kenja oʻgʻlini chopib oʻldirgandi

TOSHKENT, 9 noya — Sputnik. Xotini va oʻgʻlini bolta bilan chopib tashlagan fargʻonalik erkak 17 yilga qamaldi, deb xabar berdi Sputnik Oʻzbekistonga manba.
Xabarga koʻra, u oʻz aybini toʻliq tan olgan.

Eslatib oʻtamiz, sentyabr oyida Quvasoy shahrida yashovchi I. ismli erkak yaqinda Rossiyadan qaytgan xotini va toʻyiga uch kun qolgan kenja oʻgʻlini chopib oʻldirgandi.

Qotillikni sodir etgach, u ularni molxonaga koʻmgan va jinoyatini yashirish maqsadida butun uyga oʻt qoʻygan. Erkak oila aʼzolarini oʻldirganidan keyin qoʻshnilari bilan hech narsa boʻlmagandek gaplashib yuravergan, soʻraganlarga esa xotini va oʻgʻli yana Rossiyaga ketishayotganini, hozir bilet olish bilan mashgʻul ekanliklarini aytgan.

Hodisalar
Quvasoydagi mudhish qotillik haqida yangi tafsilotlar paydo boʻldi

Ulardan alohida yashovchi qizi uyga kelib onasi va ukasini soʻraganida erkak unga ham xuddi shunday javobni bergan va ular tez kunda ketishlarini aytgan.
Oradan oʻn kun oʻtgach, erkak mahalliy IIBga murojaat qilib, oʻgʻli va xotini yoʻqolib qolgani, ular xorijga ketgan boʻlishlari mumkinligini bildirib ariza yozgan. Biroq operativ xodimlar ular Oʻzbekistondan chiqib ketishmaganini aniqlashgan. Soʻngra esa uyda yongʻin sodir boʻlgan.

Militsiya xodimlari yongʻin sabablarini oʻrganib chiqish jarayonida uyni sinchkovlik bilan tekshirib chiqishdi va marhumlarning jasadi qoldiqlarini topishdi. Shundan soʻng erkak qotillikda gumonlanib hibsga olindi va unga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Yangiliklar lentasi
0