Abdulla Oripov so‘nggi manzilga kuzatildi

© Foto : Novosti UzbekistanaShoir Abdulla Oripov
Shoir Abdulla Oripov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Abdulla Oripov Toshkentdagi “Chig‘atoy” qabristoniga dafn etildi.

TOShKENT, 10 noya – Sputnik. O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning jasadi bugun AQShdan Toshkentga olib kelindi.

Shoirni so‘nggi manzilga kuzatish uchun qarindoshlari, do‘stlari, shoirlar, yozuvchilar, madaniyat va san’at olami vakillari, davlat va jamoat tashkilotlarining xodimlari jam bo‘lishdi.

© daryo.uzAbdulla Oripovning dafn marosimi
Abdulla Oripovning dafn marosimi - Sputnik O‘zbekiston
Abdulla Oripovning dafn marosimi

Shoirning Do‘rmondagi xonadonida janoza o‘qildi va marhum Toshkentdagi “Chig‘atoy” qabristoniga dafn etildi.

Abdulla Oripov davomli xastalikdan so‘ng 5-noyabr kuni AQShning Xyuston shahrida vafot etgan edi.

Yangiliklar lentasi
0