Bugun O‘zbekiston-Iordaniya uchrashuvi bo‘lib o‘tadi

© Flickr / Nasya BahfenO‘zbekiston futbolchilari
O‘zbekiston futbolchilari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston terma jamoasi 4-noyabrdan buyon Iordaniya va Janubiy Koreyaga qarshi kechadigan o‘yinlarga tayyorgarlik olib bormoqda

TOShKENT, 10 noya – Sputnik. Yana 5 kundan keyin O‘zbekiston milliy terma jamoasi Seul shahrida Janubiy Koreyaga qarshi guruh bosqich saralash uchrashuvida maydonga tushadi.

Ammo ungacha Samvel Babayan shogirdlari Toshkentda o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazishadi. Bugun Toshkentdagi "Paxtakor" Markaziy stadionida O‘zbekiston hamda Iordaniya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Ushbu o‘yin FIFA kunlari doirasida o‘tkazilayotgani sababli rasmiy maqomda bo‘ladi va terma jamoaning reytingdagi o‘rniga ta’sir qiladi.

O‘zbekiston futbolchilari - Sputnik O‘zbekiston
Internetda O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisi tanlanadi

O‘zbekiston terma jamoasi 4-noyabrdan buyon Iordaniya va Janubiy Koreyaga qarshi kechadigan o‘yinlarga tayyorgarlik olib bormoqda. Rossiya chempionatida to‘p suradigan legionerlar — Odil Ahmedov ("Krasnodar"), Vitaliy Denisov ("Lokomotiv") va Vadim Afonin ("Orenburg") mashg‘ulotlarga 8-noyabrdan qo‘shilishdi.

BAAning "Al-Shabab" klubida to‘p surayotgan Aziz Haydarov jarohati sababli mashg‘ulotlarda qatnashmayapti. Uning qachon umumiy guruhga qo‘shilishi hozircha aniq emas.

O‘zbekiston va Iordaniya terma jamoalari shu kungacha o‘zaro 11ta o‘yinda maydonga tushishgan. Uchrashuvlarning 5tasida o‘zbekistonliklar g‘alaba qozonishgan. Beshta o‘yinda durang qayd etilgan. Faqat bir marotaba 2012-yilning 15-avgust kuni o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida Iordaniya terma jamoasi g‘alabaga erishgan.

Yangiliklar lentasi
0