O‘zbekistonda grippga qarshi mahalliy vaksina ishlab chiqarilmoqda

© Sputnik / Aleksandr Kondratuk / Mediabankka o‘tishVaksinatsiya
Vaksinatsiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vaksina barcha zarur talab va standartlarning ko‘p pog‘onali nazorat tizimidan o‘tgan bo‘lib, Yevropada chiqariladigan dori vositasi bilan mutlaqo bir xildir

TOShKENT, 10 noya – Sputnik. O‘zbekiston vaksinatsiya markazida grippga qarshi "Vaksigrip" vaksinasi sotuvga chiqdi. Bu haqda nuz.uz xabar bermoqda. "Poytaxt" biznes markazida  mazkur voqeaga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Sanofi farmakologik kompaniyasi "O‘zfarmsanoat" AK bilan hamkorlikda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligining qo‘llab-quvvatlashi ostida respublikada dori vositalarini mahalliylashtirish bo‘yicha loyihani amalga oshira boshladi. Grippga qarshi "Vaksigrip" vaksinasi bu yo‘nalishdagi dastlabki preparatdir.

U yuqori sifatli xom ashyodan tayyorlangan bo‘lib, uning tarkibidagi faol modda Fransiyadan keltiriladi. Vaksina barcha zarur talab va standartlarning ko‘p pog‘onali nazorat tizimidan o‘tgan bo‘lib, Yevropada chiqariladigan dori vositasi bilan mutlaqo bir xildir.

Dori vositalari - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda dori vositalarini tayinlashda yangi qoidalar joriy etildi

Sanofi Pasteurning Markaziy Osiyo va Belarusdagi bo‘linmasi direktori Normunds Zemvaldisning aytishicha, dunyoning 150dan ortiq mamlakatida muvaffaqiyatli qo‘llanib kelinayotgan mazkur vaksina kattalarga ham, yoshi 6 oydan oshgan bolalarga ham qo‘llanilishi mumkin.

Sanitariya-epidemiologiya bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Dilorom Tursunovaning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda grippga qarshi vaksinatsiya 2%ni qamrab oladi. Mazkur dorining ishlab chiqarilishi esa mazkur ko‘rsatkichni JST tavsiya etgan 10%gacha yetkazadi va aholini xatarli infeksiyadan himoyalaydi.

Sanofi vakillari shuningdek, kelgusida yurak-qon tomir va endokrin tizimining surunkali kasalliklari hamda oshqozon-ichak kasalliklariga qarshi dori vositalarini mahalliylashtirish davom etishini bildirishdi.

Yangiliklar lentasi
0