Dunyoda

Ivanka Tramp - Amerikaning boʻlgʻusi "birinchi xonimi"

© AFP / MANDEL NGANIvanka Tramp
Ivanka Tramp - Sputnik Oʻzbekiston
AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp 70 yoshga kelib, nafaqat omadli biznes va koʻp milliardlik korporatsiya, balki kattagina oilani barpo qilishga ham muvaffaq boʻlgan. Va, shubhasiz, bu oilaning faxri - goʻzal va betakror Ivankadir

TOSHKENT, 11 noya — Sputnik. Ivanka Tramp — zamonaviy Amerika ayoliga yorqin misol boʻla oladi, deb yozgan RIA Novosti axborot agentligi.

Donald Tramp - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Barcha amerikaliklar uchun prezident boʻlishga vaʼda beraman - Tramp
"35 yoshga toʻlgan Ivanka, nafaqat baxtli oila bekasi, balki 3 nafar farzandning onasi, omadi chopgan biznes-ledi, saxiy filantrop va shuhratga sazovor yozuvchidir. Uning ismi butun dunyoga mashhur, moda va biznes olami haqida yorituvchi jurnallar u haqda maqtab yozishadi. Qolaversa, OAVlar tomonidan "oltin qizaloq" qancha sarflagani emas, balki Ivanka Trump Organization kompaniyasiga qancha daromad keltirganini muhokama qiladilar. Trampning oʻz qiziga ishonchi ham cheksiz, u eng muhim shartnomalarni imzolashni aynan qiziga ishonib topshiradi", — deb yozadi nashr.

OAV va siyosatshunoslar uni "Tramp yulduzi" deya atashadi. Aynan Ivanka tufayli Tramp saylovlarda gʻolib chiqishga muvaffaq boʻldi, deb yozmoqda nashrlar. Gap shundaki, Ivanka bor kuch-gʻayratini ishga solib, otasini qoʻllab-quvvatlab turdi, prezidentlik saylovi kampaniyasida faol qatnashib, ikkilanayotgan saylovchilarni otasi uchun ovoz berishga daʼvat qilgan. Shu bois ham, yaqin toʻrt yil ichida Trampning rafiqasi Melanya emas, balki milliarderning qizi Ivanka  AQShning "birinchi xonimi" boʻlishi ham mumkin, deya xotima qiladi nashr.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala