"O‘zbekiston temir yo‘llari" o‘quvchi va talabalarga chegirmalar belgiladi

© Flickr / Aleksandr ZykovToshkentdagi temir yo‘l stansiyasi
Toshkentdagi temir yo‘l stansiyasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
1-5 dekabr kunlari o‘quvchi va talabalarga O‘zbekistonning ichki yo‘nalashlarida yo‘l chiptalar (bilet)ni xarid qilish uchun 50% imtiyoz belgilandi

TOShKENT, 11 noya — Sputnik. "O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ o‘quvchi va talabalarga belgilangan chegirmalar to‘g‘risida ma’lum qildi.

Toshkent metrosi "O‘zbekiston temir yo‘llari" tarkibiga kirdi
"O‘zbekiston Respublikasining o‘rta-maxsus ta’lim va oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan yoshlarni rag‘batlantirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2016-yil 1-5 dekabr kunlari e’lon qilingan qo‘shimcha ta’til vaqtida "O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ o‘quvchi va talabalarga belgilangan chegirmalar to‘g‘risida ma’lum qiladi.

Mamlakatimizning ichki yo‘nalashlarida yo‘l chiptalar (bilet)ni xarid qilish uchun 50% imtiyoz belgilandi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun 1005 raqamiga murojat qiling (ma’lumotxona uzliksiz ishlaydi)", — deyiladi xabar matnida.

Yangiliklar lentasi
0