Benilyuks davlatlarida o‘zbek turoperatorlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda

© Sputnik / Vadim ShekunO‘zbek taomlari
O‘zbek taomlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburgdagi uchrashuvlarda O‘zbekistonning 24 turoperatori respublika bo‘ylab sayohat marshrutlari bilan tanishtirishadi hamda milliy oshxona taomlari degustatsiyasini o‘tkazishadi

TOShKENT, 11 noya — Sputnik. O‘zbekiston hamda Benilyuks davlatlari turistik operatorlari o‘rtasida 11-17 noyabr kunlari uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi "O‘zbekturizm" MK.

London - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston London turizm ko‘rgazmasida ishtirok etadi

Tadbirlarda O‘zbekistondan 24 turoperator ishtirok etmoqda. Mazkur uchrashuvlar orqali Amsterdam, Brussel va Lyuksemburgdagi turoperatorlar O‘zbekistonning turistik maskanlari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishadi.

B2B-uchrashuvlari vaqtida shuningdek O‘zbekiston Respublikasining turistik salohiyati taqdimoti va milliy taomlar degustatsiyasi bo‘lib o‘tadi ("V2V" – bu bir kompaniyaning boshqalariga xizmat ko‘rsatishi).

Yangiliklar lentasi
0