Saylovlarga bag‘ishlangan davra suhbati

© Sputnik / RIA NovostiSaylovchi
Saylovchi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tadbir ishtirokchilari saylovni yuqori saviyada o‘tkazish borasida viloyatda olib borilayotgan ishlar bilan tanishtirildi

TOShKENT, 14 noya – Sputnik. Sirdaryo viloyatidagi "Sirdaryoyo‘lrevtrans" AJda "Biz kelajak uchun ovoz beramiz" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Davra suhbati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish davrida turli soha xodimlari, ayniqsa, yoshlarning saylov jarayonlaridan xabardorligini oshirish maqsadida o‘tkazildi.

Farg‘onadagi saylov va yoshlar forumi - Sputnik O‘zbekiston
Farg‘onada "Saylov va yoshlar" forumi bo‘lib o‘tdi

Davra suhbati ishtirokchilari huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyati barpo etish, barcha sohalarni modernizatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida fuqarolarning o‘z hoxish-irodasini erkin bildirishi, saylash va saylanish bo‘yicha konstitutsiyaviy huquqlarini to‘liq ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar bilan tanishtirildilar.

Ishtirokchilarga milliy saylov tizimi, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonun, unga so‘nggi yillarda kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar, saylovchilarning qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari keng tushuntirildi.  

Shundan so‘ng tadbir ishtirokchilari saylovni yuqori saviyada, faollik bilan o‘tkazish borasida viloyatda olib borilayotgan ishlar bilan tanishtirildi. Shuningdek, ularga saylov uchastkalarida birinchi marta ovoz berayotgan yoshlar uchun tashkil etilgan ovoz berish  jarayonlari to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.

Yangiliklar lentasi
0