Jamiyat

Poʻstin (shuba) - bu hayvonlar mozori

© Sputnik / Ruslan Krivobok / Fotobankka oʻtishMoskva, poʻstinlar bozori
Moskva, poʻstinlar bozori - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkentda boʻlib oʻtgan uchrashuvda bugungi kunda hayvonlar qimmatbaho moʻynasi qanday usullar bilan topilayotgani haqida soʻz yuritildi.

TOSHKENT, 14 noya — Sputnik. Toshkentdagi "Mehr va Oqibat" jonivorlarni himoya qilish jamiyati IV "Jonivorlar kiyim emas" nomli xalqaro tadbirga qoʻshilishdi. Ushbu mavzuga bagʻishlangan uchrashuv  kovorking-tsentrda boʻlib oʻtdi, deb xabar qilmoqda "Novosti Uzbekistana" sahifasi.

Yashnaobodda tiriklay koʻmilgan it qutqarib qolindi - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Domkom tiriklayin koʻmgan it qutqarib qolindi

Uchrashuv boshida tadbir tashkilotchilari jamiyat aʼzolariga "Jonivorlar kiyim emas" mavzusida bir ne videolavhalar namoyish etishdi. Keyin esa bugungi kunda qimmatbaho moʻynalar qanday yoʻllar bilan topilayotgani haqida toʻxtalib oʻtildi.

"Masalan, bir dona poʻstin tikish uchun 20 ta tulki tok bilan oʻldiriladi, yo 60 ta norka gaz bilan zaharlanadi, yoki 9ta qunduz suvga choʻktiriladi, yo boʻlmasa 100 ta olmaxonning boʻyni sindiriladi", — deyilgan guruhning Facebookdagi sahifasida.

Qizigʻi shundaki, bugungi kunda doʻkonlarda sotilayotgan shubalarning asosiy qismi — noyob hayvonlar moʻynasidan emas, balkim yaxshi shilov berilgan it va mushuklar terisidan tikiladi. Ushbu hayvonlar qayerda tutilgan qinday oʻldirilganini ishlab chiqaruvchi biladi  xolos…

"Poʻstin (shuba) —  bu oʻlik hayvonlar mozori. Haqiqiy ayol mozor kiyib yurmaydi", — deb mashhur frantsuz aktrisasi Bridjit Bordoning soʻzlarini keltiradi toshkentlik himoyachilar.

Zamonaviy odamga, moʻyna poʻstin kiyib yurishga hech qanday ehtiyoj yoʻq, axir biz, qadim zamonlardagidek, gʻorda yashamaymizku. Bugungi kunda sunʼiy moʻyna va terilardan tikilgan kiyimlar  juda koʻp. Hayvonlarni qiynab oʻldirmasdan ham chiroyli kiyinib yursa boʻladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader